Kirish

Suhbatdoshingizning qoshiga qarab, fe'l-atvorini aniqlang!

Hayotimiz davomida ko’p insonlar bilan munosabatlarga kirishamiz, biroq ularning fe'l atvori haqida ko’p ma'lumotga ega emasmiz. Qarangki, bugungi kunda insonning tashqi ko’rinishiga qarab tabiati, imkoniyatlari va xohish-istaklari haqida to’liqroq ma'lumotga ega bo’lish imkoni bor ekan.

Yoysimon qosh sohiblari

Yoy, bu — go’zallik ramzi. Bunday qosh egasi go’zallik uchun dunyoga kelgan. U istagan narsalariga qiyinchiliksiz erishish qobiliyatiga ega. Tabiiy kamon qoshlar ta'sirchanlik, hissiyotga beriluvchanlik va san'atkorlik xususiyatlaringizni oshkor etmoqda. Shu bilan birga, ko’zlagan maqsadingizga erishish uchun sizda etarlicha qat'iyat topiladi. Kamon qoshlar munosabatlarda o’zaro ahillikdan darak beradi.

Qaldirg’och qanoti kabi qo’shilgan qoshlar

Bundaylarni o’z maqsadlarga erishish yo’lida xech narsadan tap tortmaydigan, ushalganini uzmay qo’ymaydigan insonlar qatoriga qo’shish mumkin. Agar qoshning oxiri chakkaga tomon ko’tarilgan bo’lsa, odatda bu jahldorlik, tadbirkorlik, mag’rurlik, o’ziga bo’lgan ishonchdan darak beradi.

Egilgan uchli qoshlar

Bunday qosh sohibalari odatda o’z taqdirining yaratuvchisi hisoblanmaydi. Maqsadingizga erishish uchun odamlardan foydalanishdan tiyilishingiz lozim.

Tekis qoshlar

Bunday qosh egalari shijoatli, mard, sport va dam olishni xush ko’ruvchi insonlar bo’lishadi. Ular odatda uy bekasi roliga umuman mos kelmaydi. Ishda tavakkalchi bo’lib, turli to’siqlarni osonlik bilan engib chiqish tekis qosh sohiblariga xos jihat. Atrofdagilar ularni aqlli, o’z ishini yaxshi biladigan inson sifatida qadrlashadi.

Burchaklari bo’rtib chiqqan qoshlar

Bunday insonlar moliyaviy masalalarda juda uddaburon bo’lishadi. Shuningdek, ular hayotdan bahra olib yashashni istashadi. Biroq shaxsiy munosabatlarda anchayin beqarordirlar. Beqarorliklari tufayli odamlarda ishonchsizlik uyg’otadilar.

Yarimoy shaklidagi qoshlar

Bu haqiqiy tadbirkor insonning qoshlari. Bunday qosh egalari odatda o’ta sinchikov va ehtiyotkor bo’lishadi. Shuningdek, topqirlik, ixtirochilik va o’ziga kuchli ishonch ham ularga xos xususiyat. Odamlar sizga osonlik bilan ishonch bildirishadi.

Xususiyatlariga ko’ra…

Qalin qoshlar hayotga bo’lgan chanqoqlik, shijoatni bildirsa, siyraklari beqaror, kam harakat, muloqot doirasi chegaralangan insonlardan darak beradi. Qisqa qoshlilar boshlagan ishlarini oxirigacha etkazishlari amri mahol. Keng qoshlar o’ziga nisbatan ishonchdan dalolat. Ingichkalari esa, uyatchan va beqarorlikni bildiradi