Kirish
So'nggi yangilanish: 17.07.2018

Tarkibida kimyoviy moddalar eng ko’p bo’lgan 7 mahsulot

Ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va mahsulotlarning ta'mini yaxshilash uchun oziq-ovqat sanoatida maxsus ozuqaviy qo’shimchalardan foydalaniladi. Bunday qo’shimchalar odatda zararsiz bo’ladi, ammo ularning orasida inson salomatligi uchun xavf tug’diradiganlari ham bor. Har doim tetik va yaxshi kayfiyatda bo’lish uchun ba'zi mahsulotlar haqida unutganingiz ma'qul.

Pishiriq

Ozuqaviy qo’shimchasiz pishiriq bo’lmaydi, hisob. Birgina bulochka yoki kruasanda 20tagacha e-raqam mavjud.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, eng ko’p ozuqaviy qo’shimchalar bo’lgan arzon mahsulotlar odatda kassa oldida yoki uning yaqinidagi "qaynoq rastalar"da joylashtirilgan bo’ladi.

Kolbasa mahsulotlari

Zamonaviy kolbasa mahsulotlarida maza va hidni yaxshilovchi ozuqaviy qo’shimchalar ko’p. Agar kolbasa va sosiskadan voz kecha olmasangiz, u holda ishlab chiqaruvchining mahsulot haqidagi qog’ozi bilan yaxshilab tanishib chiqing. Qimmatroq bo’lsa-da, sifatli go’sht mahsulotlarini iste'mol qilganingiz maqsadga muvofiq.

Eritilgan pishloq

Ozuqaviy qo’shimchalar qo’shilgan mahsulotlar ichida eritilgan pishloq - zamonaviy supermarketlarning "yetakchilar"idan biri: taxminan 15ta ozuqaviy qo’shimcha!

Quvvatbaxsh ichimliklar

Quvvatbaxsh (energetik) va spirtli ichimliklarning hech qanday foydali tomoni yo’q, faqat - 20tacha e-raqamlar, xolos.

Chipslar va ta'mli qotgan nonchalar

Parhezshunoslar chips va ta'mli qotgan nonchalar(suxari)ning zarari haqida doim gapirishadi. Bunday mahsulotlarda e-raqamlar miqdori o’ndan ortiq bo’lishi mumkin.

Marmelad

Marmelad tayyorlashda sun'iy ranglar qo’llanilishi ekspertlar tomonidan doim ta'kidlab kelinadi. e-raqamlar shirinliklarning tashqi ko’rinishini ko’rkamlashtiradi, biroq iste'molchilarning salomatligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi.

Ziravorlar

Aksariyat ziravorlar ta'm, rang va hidni kuchaytiruvchi ozuqaviy qo’shimchalarga ega. Shuni ta'kidlash joizki, ta'mni kuchaytiruvchi ziravorlar ilgari juda mashhur bo’lgan, bugungi kunda esa uy bekalari ko’proq tabiiy ziravorlarni tanlashmoqda.

Manba: sof.uz