Kirish
So'nggi yangilanish: 16.06.2018

Kuchli xarakter paydo qilish siri!

Orzu qilmagan, umid bilan yashamagan inson bo’lmasa kerak. Maqsadsiz bo’lishi mumkin, ammo orzusiz inson yo’q!

 

- Orzuni maqsadga aylantiruvchi kuchbu ishonch.

- Maqsadga erishtiruvchi kuch bu iroda.

- Maqsadga yetaklovchi kuch gayrat.

- Maqsadni jasurlikka aylantiruvchi kuch bu jur'at.

- Maqsadni baxtga aylantiruvchi kuch esa yengilmaslik.

Ko’makchi kim dersiz? Ota-onangiz emas, yaqin do’stlaringiz emas, hisob raqamingizdagi pulingiz emas, faqat va faqat ikki qo’lingiz ushlab turgan miyangizdir. Kuchli fel-atvorga ega bo’lish siri nimalardan iborat deb uylaysiz?

Xarakteringizni qat'iyatli bo’lishiga birinchi qadamni qo’ying. Kim sizga mute, kim sizga qaram, kim sizdan mehr kutmoqda? Hayotingizdagi o’sha ojizlarga rahm, himoya, yordam qo’lini cho’zuvchi ko’zi bilan qarang. Ayblamang, yomonlamang, kechiring va keching.

Hayotingizdagi kuchsiz va ojiz insonlarga birinchi exsoningizni in'om eting. Bu sizning labzingizdan taralgan yaxshi gaplar, shirin so’zlar, qalbiga chiroq yoqadigan mehrlar, erkalash va quvonch ulashishlardir. Ichingizda nima bo’lsa og’zingizdan o’sha taraladi. Kuchli insondan katta exson so’z bo’lib yogiladi so’ng bu katta moliyaviy imkoniyatga va so’ng kuchli himoyachi bo’la olish maqomiga etadi. Iroda, jasurlik mana shu so’zni ayta olish bilan kuchayadi.

O’z xato va kamchiliklaringizni avvalo o’zingizga tan olishdan boshlang.

Eng oliy xato kutishdir. Qo’lingizni oldinga cho’zib kimdan nimani kutmoqdasiz? Avvalo o’zingizni tushunishni boshlang. Nega kutmoqdasiz? Nega ular siz uchun nimadir qilib berishiga majbur deb o’ylaysiz? Tushuna olish hali rahm qilish degani emas. Rahm qilgan inson boshqalarga yordam qo’lini cho’za oladi. Bu har doim ham birovni ogirini yengil qilish uchun xizmatini qilib berish, muammosini pul yoki boshqa imkoniyatlaringizni ulashish yo’li bilan berish emas. Agar siz boshqa birovning ogirini yengil qilish yo’lini tanlasangiz uni ojizlikdan chiqmasligiga sababchi bo’lasiz. Demak, ko’rsatish, ishonish, bilan birlashish irodali ekanligingizning ko’rsatkichidir.

Haqiqatni qidiring. Kuchli inson vaziyatni fakt sifatida baholay oladi. Kuchsiz inson esa hissiyotlariga qurbon bo’ladi. Boshqalarning va o’zining xar hil qarashlari yo’lida kimnidir ayblash, yomon ko’rish, nafratlanish bu yengilish yo’lidir.

Voqea-hodisalarga yaxshi va yomon deb emas fakt sifatida qarang. Masalan: o’g’lingiz yaxshi o’qimayapti bu fakt, ayblov emas, xafa bulish emas, kuyinish emas, bu fakt. Demak, bola o’qish uchun maqsadi yo’q, o’qituvchisidan qoniqmayapti yoki aqliy imkoniyatlari, xotirasi pand bermoqda. Yoki yana bir sababi sogliq imkoniyati cheklayapti. Yana mingta sababini topish va shu kamchiliklarni bartaraf qilolish tarbiyadir. Shikoyat qilish, erni ayblash, xotin bolaga qaramasligidan nolish, bolani ming-bir gunox egasiligidan qo’rqitish bu ojizlik yo’lidir. Aybni uzingizdan qidiring. Hurmatli o’g’il, yaxshi o’qimasligingizga repititor yo’qligiyam, o’qituvchi yomonligiyam svetni o’chishiyam aybdor emas! Dangasalik irodasizlik belgisi, charchash psixologik yo’q deyish belgisidir. Osmondan tosh yog’sa ham, oyogingizning tagida sel kelsa ham, jarlik yoqasida tursangiz ham yo’l toping. Yengilmang, yengilmang, nafratlanib jahl qilmang!

Muhabbat va nafrat, istak va qo’rquv, baxt va gam, jahl va vazminlik doimo bir-birini yengish payida bo’ladi. Kuchlilik tili sukunatdir. Tanangizga olov yugurib, ogzingizdan olov purkalib, qo’l va oyogingiz yonib ketganida chuqur nafas olib sabr nafasini yuta olishingiz ibodatdir. Iroda huddi mana shu payt kuchga to’ladi, kechirim shu payti ishga tushadi, vahima shu paytiyoqyengiladi. Chuqur nafas va sukunatda sabr egasi shu olovni yenggach jahldan tusha oladi.

Yana nima yetmaydi-ya sizga?! Kimdek emassiz? Kim sizdan ustunroq? Kimga o’zingizni ko’rsatib qo’ymoqchisiz?! Boringiz baxillikmi, "nega-nega?!" degan savollar to’plamimi? Bor boyligingiz mana shular: eplolishingiz yoki ishonmasligingiz, yon bosishingiz yoki talashishingiz, kechira olishingiz yoki qargashingiz... mana shulardan iboratsiz...