Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Jek Ma: millionerning o’ylashga majbur qiladigan gaplari

Alibaba asoschisi Jek Maning gaplari

1. "Kambag’al odamlarni qoniqtirish juda ham qiyin. Ularga birorta narsani tekinga bersangiz, tuzoq bo’lsa kerak deb hisoblashadi. Bu faqatgina ozgina investisiya xolos  desangiz, ko’p miqdorda pul ishlab bo’lmaydi deyishadi.  

2. Ularga ko’proq pul tiking desangiz, pulim yo’q  deyishadi. Ularga yangichasiga ishlab ko’ring desangiz tajriba yo’q deyishadi.

3. Ularga bu odatiy biznes desangiz, bu qiyin deyishadi. Ularga bu yangicha biznes-model desangiz, ular buni - piramida deyishadi. 

4. Ularga do’kon oching, desangiz,  erkinlik yo’q deyishadi. Ularga o’z biznesingizni boshlang desangiz,  yangi biznes yurib ketishi uchun hech qanday kafolat yo’q deyishadi.

5. Ular birlashtirib turadigan o’xshashliklar bor: Googledan axtarishni yaxshi ko’rishadi, o’zlariga o’xshagan umidsiz, mablag’i yo’q tanish-bilishlardan maslahat olishadi, universitet professoridan ham ko’proq o’yga cho’mishadi, ko’zi ko’r odamchalik ham ish qilishmaydi.

6. Qo’lingizdan nima ish keladi, deb so’rasangiz, javob berisha olmaydi

7. Mening xulosam: Nima uchun, yuragingiz tezroq urishi uchun, nima uchun tezroq xarakat qilmaysiz; ikkilanish o’rniga o’ylagan ishingizni amalga oshirmaysiz.

8. Kambag’allarning omadsizligining o’ziga xosligi shundaki: Ularning umri faqat kutishda o’tadi.

9. Siz kimsiz, o’zingiz hal qiling!

Manba: sof.uz