Kirish
So'nggi yangilanish: 19.06.2018

Svetoforda to’xtash sog’lik uchun zararli

Olimlar svetoforda to’xtash sog’liq uchun zararli ekanligini aniqlashdi.

Svetoforlar yo’l-transport hodisalari sonini kamaytirish va inson hayotini asrash uchun yaratilgan bo’lsa-da, aslida ular haydovchilar uchun xavfni yuzaga keltiradi. Aniqlanishicha, svetoforda to’xtab turish vaqtida o’pkalarga katta miqdorda ifloslangan havo kiradi.

Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti tadqiqotchilari haydovchilar avtomobilda harakatlanish chog’ida yutadigan iflos havoning 20 foizi svetoforda to’xtagan vaqtida o’pkaga tushishini aniqladi. Ta’kidlanishicha, bunday to’xtab turishlarning umumiy davomiyligi butun safar uzunligining 2 foizini tashkil etadi.

Bunda gap avtomobildan chiqadigan ishlangan gazlardan ajraladigan spetsifik nanoqismlar haqida bormoqda. Ular astma, yurak va qon-tomir kasalliklari, bolalar oqqon kasalligi kabi og’ir xastaliklar bilan bog’lanadi. Olimlar yirik tirbandliklar yaqinida yashovchi, ishlovchi yoki harakatlanuvchi kishilar bunday kasalliklarga eng ko’p chalinishini aniqladi.