Kirish
So'nggi yangilanish: 21.05.2018

Muloqotdan qochish kerak bo'lgan 7 ta odam!

Hoyotda turli hildagi insonlar bo’ladi. Ular bilan me’yoridan ortiq muloqotda bo’lish sizga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Quyida muloqotdan qochish kerak bo’lgan 7 toifali odamlar bilan tanishing.

1. Hukmronlik qiluvchilar:

Bu odamlar hukmini o’tkazish sohasida mutaxassisdirlar. Hukmronlik qilishni yaxshi ko’radigan odamlar sizni nozik joylaringizni bilib olishadi va o’zlariga kerak bo’lgan vaqtda o’sha joyga teginadilar.

Xavfliligi:

Bu odamlar bilan bo’layotgan suhbat o’zingizga bo’lgan ishonchingizni pasaytirishi mumkin. Ular siz qilishni istamayotgan ishlarni qilishingizga majburlab-shaxsiyatingizga tegadi. Siz u odamlarning qoidalari bo’yicha yashay boshlashingiz mumkin.

2. Dimog'dorlar:

Bunday odamlar dunyo ularning barmoqlari atrofida aylanishiga o’rganib qolganlar. Ular hukmini o’tkazuvchilarga o’xshab ayyor emas ammo odamlarni ishlatishni istashadi.

Xavfliligi:

Ular o’zlari va o’zlarining istaklariga yo’nalganlar. Sizning xohishlaringizning ularga qizig’i yo’q. Ular sizni ishlatishadiva buni normal holat deb bilishadi, hamma ular uchun jon kuydirishi kerak deb o’ylashadi.

3. Umidsiz odamlar:

Ular hayotidagi bor narsalarni qadrlashmaydi. Agar siz ularga "Bugun quyoshli kun!" desangiz, ertaga havo sovuq va yomg’irli bo’lishi kutilayotganini aytadi.

Xavfliligi:

Bu odamlar atrofdagilarning hursandchiligini yo’qqa chiqarishadi. Ular hayotga umidsizlik bilan boqishadi- buni boshqalarga ham singdirishlari mumkin. Bu odamlar bilan suhbatlashgandan so’ng o’zingiz ham barcha narsani yomon tomonini o’ylay boshlaysiz.

4. Tanqidchilar:

Sizga nimadir chiroyli ko’rinsa ular buning teskarisini ko’rishadi. Kimnidir qobiliyatli deb hisoblasangiz, ular uni ahmoq deb hisoblaydi. Ular doim kim bilandir bahslashishi kerak, kim ularning gapiga qo’shilmasa ahmoq deb hisoblashadi.

Xavfliligi:

Ular dunyoni o’zlariga moslashtirishga harakat qilishadi-buni atrofidagilardan boshlashadi. Bunday odamlar, har bir insonni o’z shaxsiy fikri borligi va hayot shunisi bilan qiziqligini tushunishmaydi. Ular to’xtovsiz bahslardan olingan salbiy hissiyotlar bilan oziqlanishadi, quvvatlanishadi.

5. Orzu kushandalari:

Mobodo sizda orzu paydo bo’lib qolsa, ular sizga buni amalga oshirish mumkin emasligini aytishadi. Siz nimagadir erishmoqchi bo’lsangiz ular sizni pastga tortishadi. Siz orzu qilsangiz ular sizga birinchi bo’lib bu orzu ushalmasligini aytishadi.

Xavfliligi:

Ular bilan doimiy aloqada bo'lish, o’zingizga bo’lgan hurmat va ishonchingizni yo'qolishiga olib keladi.

6. Ikkiyuzlamachilar:

Bu odamlarning samimiy emasligi bilinib turadi. Siz o’zingiz uchun kulgili tuyilgan voqeani aytsangiz ular mayin kulib qo’yishadi, ammo ularga kulgili emasligi ko’rinib turadi. Ko’zingizga qarab sizni yoqtirishini aytsada, ortingizdan sizni ahmoq va yoqimsiz inson deb gapirishadi.

Xavfliligi:

Bu odamlar bilan bo’ladigan munosabat nosamimiy va yuzaki, shu sabab boshqa odamlar haqida ham shubxaga borishingizga olib keladi. Siz ularning yordamiga muhtoj bo’lsangiz-ularni yoningizda ko’rmaysiz. Ularning sizga bo’lgan iliq munosabatiyuzaki.

7. Qo'pol odamlar:

Ular hech narsadan tap tortmaydi, qaytmaydi. Bunday odamlarni deb ko’p hollarda uyatga qolishingiz mumkin.

Xavfliligi:

Bunday odamlar hech qanday chegarani bilishmaydi. Ular boshqa odamlarning hislariga e’tibor qilishmaydi va sizni haqoratlashlari mumkin.

Agar atrofingizda shunday insonlar bo'lsa, ular bilan gaplashishdan qoching! Bunday odamlarga kuch va vaqtingizni ketkazishingiz uchun hayot juda qisqa.