Kirish
So'nggi yangilanish: 18.08.2018

Olimlar tuzning kutilmagan xavfini aniqladilar

Germaniya, AQSh va Belgiyaning bir guruh olimlari osh tuzini me’yoridan ortiq iste’mol qilish sutemizuvchilarning ichak mikroflorasiga zarar yetkazishi va keyinchalik turli kasalliklar keltirib chiqarishi mumkinligini aniqlashdi. Tadqiqot haqidagi maqola Nature jurnalining veb-saytida nashr etildi.

Tadqiqotchilar yuqori tuzli ovqatlar bilan oziqlantirilgan sichqonlarni o’rganishdi va sichqonlarda Lactobacillus murinus bakteriyalar soni kamayganligini aniqlashdi. Buning natijasida hayvonlar autimmun ensefalomiyelit va gipertoniyani rivojlantirishi mumkin edi.

Odamlar o’rtasida tadqiqot o’tkazilganda ko’p miqdorda tuz iste’mol qilish bakteriyalar soni kamayishiga hamda gipertansiyaga olib keladigan 17-tipdagi T yordamchi hujayralarining miqdori o’sishiga olib kelganligi kuzatilgan.

Manba: RIA Novosti