Kirish
So'nggi yangilanish: 21.05.2018

Eng foydali ichimliklar

Ma’lumki, inson tanasining 70% suyuqlikdan iborat, shuning uchun faqat sog’lom va tabiiy ichimliklar ichish juda muhim hisoblanadi. Gazli suv, paketlardagi sok, yogurt va sheyk sharbatlarini unuting - bular foydali emas. Ba’zida, albatta, bir stakan kola ichish mumkin, lekin har kuni emas.

Suv

Toksinlarni yo’q qilish, oshqozon-ichak traktining normal ishlashini ta’minlash, bo’g’imlarning, yurak va qon tomirlarining kasalliklarini oldini olish uchun toza ichimlik suvi kerak.

Kefir

Kefirda maxsus bakteriyalar va qo’ziqorinlar mavjud. Kefirdan foydalanish immun tizimini mustahkamlaydi, oshqozon-ichak traktining ishini normallaydi, unda magniy, kaltsiy, natriy, fosfor va selen mavjud.

Anor sharbati (paketdan emas)

Anor sharbati A, C va E vitaminlariga boy bo’lib, ularda sink, selen, fosfor, kaltsiy va temir ko’p miqdorda mavjud. Gipertoniya va kamqonlik uchun foydali, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Ammo oshqozon kislotasi ko’payganlarga anor sharbatini kop iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Olma sharbati

Bu ichimlik buyraklar, qovuq, jigar, tomirlarning aterosklerozi uchun foydalidir. Olma sharbati ichaklarning ishiga yaxshi ta’sir qiladi va toksinlarni yo’qotishga yordam beradi.

Yalpizli choy

Yalpiz oshqozonni yaxshilashga yordam beradi, qon bosimini pasaytiradi, yetarli miqdordagi me’da shirasining chiqarilishini rag’batlantiradi, asablarni tinchlantiradi va uyqusizlikka yordam beradi.

Mors yoki sharbat (paketdan emas)

Mors isitmani tushirar va eng ko’p miqdordagi C vitamini o’z ichiga olar ekan. Bu ichimlik toksinlarni bartaraf etadi, faollikni oshiradi va siydik yo’lini yaxshilar ekan.

Romashkali choy

Romashka choyi antibakterial ta’sirga ega va u asablarni tinchlantiradi. Bu choy an’anaviy ichak mikroflorasini qayta tiklashga yordam beradi, terlatuvchi va og’riqsizlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.

Kakao

Kakao qon bosimini normallashtirishga yordam beradi va yurak-qon tomir kasalliklarini kamaytiradi. Tabiiy antidepressant va ogohlantiruvchi hisoblanadi. Mikroelementlar va vitaminlarga boy.

Manba: fazo.tv