Kirish
So'nggi yangilanish: 27.05.2018

Tez- tez yig’lab turish yurak xurujini oldini oladi

Olimlar insonlarga ko’z yosh va dardni yashirmay kerak paytda yig’lab olishni maslahat bermoqdalar. Aniqlanishicha, ko’z yosh ortiqcha stresslardan holi qilib, yurak xurujini oldini olar ekan.

Minnesota shtati hamda Britaniyaning Lankasteradagi ikkita universitet olimlari aynan ana shunday to’xtamga kelishdi.

Tadqiqotlar paytida yig’lab olgan odamlarning 88,8 foizida ahvol yaxshilanishi kuzatilgan. Bunga sabab esa ko’z yosh to’kayotgan paytda odam ichidagi barcha g’ubor va stresslardan ozod bo’lar ekan. Bundan tashqari ko’z yoshlar bilan birgalikda yurak xurujini keltirib chiqaruvchi zararli omillar ham organizmni tark etar ekan.

Yig’i paytida stresslarning eng asosiy gormoni kortizola ham pasayadi, shuningdek, yig’i chuqur nafas olish bilan kuzatilgani uchun arteria qon bosimi me'yorga kelib, tomirlarni aterosklerozdan himoya qilar ekan.

Ta'kidlash joizki, ko’z yosh doim ham kuchsizlik belgisi bo’lmagan. Misol qilib olsak, qadim grek qahramonlari o’z ko’zyoshlaridan umuman uyalishmagan ekan. Lakrimologiya (yig’lash ilmi) nuqtai nazaridan olib qaralganda ular juda to’g’ri qilishgan. Gap shundaki, ko’z yosh bilan birgalikda organizm ko’p zaharli moddalardan ham ozod bo’lar ekan.