Kirish
So'nggi yangilanish: 27.05.2018

Bosh og’rig’ida karam bargi yordam beradi

- Migrenda xalq tabobati usullaridan tashqi qo’llash uchun limon po’stlog’ini tavsiya qilish mumkin. U qalin bo’lishi darkor. Uning ichki qatlamini tozalab, chakkangizga nam tomoni bilan qo’ying. Tabiblarning ta'kidlashicha, limon tufayli terida hosil bo’lgan qizil dog’ achishishi va qichishi mumkin.

- Har qanday bosh og’rig’ida karam bargi yordam berishi mumkin. Karam suvi kaliy ionlariga boy. Ushbu mikroelement tomir va mushaklar tonusini yaxshilashga yordam beradi. Bu esa o’z navbatida og’riqdan xalos bo’lishga olib keladi. Muolajani boshlashdan avval bargni bir oz ezg’ilang yoki har joy-har joyini tilib qo’ying: shunda karam shirasi chiqadi. So’ng uni peshana, chakka va boshning boshqa sohalariga qo’yib, mahkam ushlab turing. Barg yaxshi turishi uchun ro’mol o’rab oling.

- Bosh og’riqlarida xom piyozni peshanaga kompress qilish ham foydali. Iloji bo’lsa, piyozning suvini siqib olib, u bilan kompress qilish uchun matoni namlang. Yoki piyozni to’g’rab, halqachalarini shunchaki peshaningizga qo’ying. Ko’zlaringizni yuming, aks holda achib, ko’z yoshlanishi mumkin.

Manba: tib.uz