Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

O’zgalarga o’z nuqtai nazaringizni o’tkazishning 12 qoidasi

Insonlar o’rtasidagi o’zaro muloqotda ijobiy holatni yuzaga keltirishning o’zi bir san’at. Ularga o’z fikringizni aniq, ravshan yetkazib berish, ta’sir o’tkazish qilayotgan muloqotingizning qanchalar samimiyligiga bog’liq. Quyida o’z nuqtai nazaringizni suhbatdoshingizga o’tkazishning 12 oddiy qoidasini keltirib o’tamiz.

1. O’z fikringizning to’g’riligiga o’zgani ishontirish - u bilan tortishish orqali amalga oshmaydi. Nazokat bilan kelishishga intilib, uning nuqtai nazarini samimiy tushunishni astoyidil xohlash kerak.

2. Suhbatdoshingiz fikriga hurmat bilan qarang. Hech qachon uning fikri xato ekanini ko’pchilik oldida keskin aytmang. "Balki men xato gapirayotgandirman, lekin keling, faktlarni tahlil qilib ko’raylik" qabilida so’zlang.

3. Agar siz noxaq bo’lsangiz, darxol buni tan oling. Chunki birovdan kamchilik va xatolaring haqida eshitgandan ko’ra, o’zingiz tan olsangiz, uni oson qurolsizlantirasiz.

4. Fikrlaringizni do’stona ohangda bayon qiling.

5. Suhbatdoshingizdan sizning fikringizni tasdiqlovchi javoblar olishga harakat qiling. Chunki suhbat boshidan "yo’q" degan odam keyingi so’zlaringizni qabul qilishiga g’ururi yo’l qo’ymaydi.

6. Suxbatdoshingizni ko’proq gapirtirib, o’zingiz eshitishga harakat qiling. Bu sizga uning so’zlaridan fikrining xatoligini isbotlashingizga imkon beruvchi faktlar to’plashga imkon beradi.

7. Siz unga berayotgan fikringiz sizniki emas, uning fikri ekanligini bildiring. Sizni fikringiz haqida o’zining fikriday o’ylay boshlasin.

8. Har bir hodisaga, holatga suhbatdoshingiz nuqtai nazaridan qarashga samimiy intiling. Suhbatdoshingiz umuman noxaq bo’lishi mumkin, ammo u bunday deb o’ylamaydi. Uning o’rniga o’zingizni qo’ysangiz, masala mohiyatini aniq tushunasiz.

9. "Sizning o’rningizda men ham shunday o’ylagan bo’lardim" degan jumlani qo’llang. Odamlarning 75 foyizi hamdardlikni xush ko’radi. Unga hamdard bo’lsangiz,yoqa boshlaysiz.

10. Ijobiy motivlarni yuzaga keltirishga urining. "Men o’ylaymanki, siz har taraflama fikr yurita oladigan, qobiliyatli insonsiz, shuning uchun siz meni to’g’ri tushunasiz, deb o’ylayman".

11. O’zingizning g’oyalaringizni dramalashtiring, uni samaraliroq qilib ko’rsating.

12. Boshqalardan ustunlikka erishishga intilishni yuzaga keltiring. Musobaqa tashkil qiling. Har bir odam o’zini namoyon qilishni, muvaffaqiyatga erishishni, o’zini nimalarga qodirligini ko’rsatishni xohlaydi.