Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Sevimli bo’lishni xohlaysizmi? Unda…

Boshqalarga sevimli bo’lishni xohlash kimga yoqmaydi deysiz!... Ko’pchilikning boshqalarga yoqishni istashi ayni haqiqat. Buni yo’li juda oddiy va oson. Quyidagilarga amal qiling va yaqinlaringiz uchun sevimli insonga aylaning…

- Boshqalarni tinglashni o’rganing, suhbatdoshingizning gapirish erkinligini cheklamang;

- Kamtar bo’ling. Chunki kamtarlik sevimli bo’lishning eng ta'sirli yo’lidir;

- Hadeb maqtov eshitish istagingizni bir chetga surib, ruhlantirishni, birovlarni maqtashni ham o’rganing, xudbin bo’lmang;

- Doim xushchaqchaq holda yurish qiyin. Bu tushunarli. Lekin qo’lingizdan kelganicha g’am-tashvishlaringizni yashira biling;

- Tanqidni to’g’ri qabul qilishni o’rganing;

- Ochiq yuz, shirin so’z ko’ngillar kalitidir;

- Hamisha avval salom bering, so’ng hol-ahvol so’rang;

- Qarindosh-urug’lar bilan bordi-keldi qiling, qo’ni-qo’shni, tanish-bilishlar bilan yaxshi munosabatda bo’ling.