Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Ruhiy tushkunlikdamisiz, dunyo ko’zlaringizga tor bo’lib ko’rinmoqdami… Unda nima qilish kerak?

Hayot hardoimam bir tekisda o’tavermaydi. Ba’zida tushonmovchilar, yiqilishlar, turtilishlar yuz beradi va bu sizga salbiy ta’sir ko’rsatishi shubhasizdir. Aynan shunday vaziyatlarda shuni yoddan ko’tarmangki, bularning bari o’tkinchi, bari otib ketadi. Bunda faqatgina sizdan ozgina sabrli bo’lib bardosh berishingiz talab etiladi. Chunki yaxshi kunlaringiz hali oldinda.

Bunday vaziyatlarda nima qilish kerak? Quyida siz uchun foydali bo’lgan maslahatlar bilan o’rtoqlashamiz. Ruhiy tushkunlikka tushdizmi unda quyidagilarga amal qiling, bularning bari siz uchun albatta foydali.

1. Alamlarni hadeb ichga yutavermang, bu o’zingizga qarata o’q uzishdek gap.

2. Xatolaringizni tabiiy hol deb qabul qiling. Bu, yanglish ishlardan to’g’ri xulosa chiqarishga yordam beradi.

3. Kuchingizni to’g’ri taqsimlang, muhim ishlar birinchi darajali, qolganlari keyingi o’rinlarda tursin. Erishgan yutuqlaringizdan xursand bo’lishni o’rganing.

4. Yolg’izlikka berilmang. Ayniqsa, stress vaqtida odamlar bilan birga bo’ling, do’stlarga qo’ng’iroq qiling, yangi tanishlar orttiring, mashg’ulotlaringizni ko’paytiring.

5. Bo’lib o’tgan ko’ngilsiz voqeani o’ylab, o’zingizga shunday savol bering: “Muammoga juda katta ahamiyat berib yubormayapmanmi? Shu narsa asabiylashishimga arziydimi? Bundan battar bo’lganida, qiyinchilikni yengib o’ta olarmidim?”

Bu savollarga javob topish vaziyatga xolis, his-hayajonsiz, xotirjam baho berishga undaydi.

“Baxtli hayot sari” kitobining maslahatlaridan foydalanildi.