Kirish
So'nggi yangilanish: 16.06.2018

Kuchli odamning kuchi nimada?

Har bir odam biladiki, hayotda kuchli insonlar bor. Ularning kuchi pulida emas, beshta tilni bilishida emas, shajarasi borligida emas, balki, ruhiyatining o’zgacha bir kuchi borligidadir. Sizning atrofingizda bunday odamlar bormi? Balki siz o’shalardan biridirsiz? Qani ularning sifatlarini tahlil qilaylikchi.

1. Ular o’zlariga rahm ko’zi bilan boqmaydilar.

Ular o’zlariga o’zlari masul, javobgarlikniyam o’z bo’yniga oladilar, Ularga kimdir nohaq bo’lganidan aziyat chekib qiynalib va nolib o’tirishmaydi. Shu ahvolga tushganiga kimnidir ayblamaydilar. Noto’g’ri bo’lgan ishlardan xulosa chiqaradilar xolos. Biror yumushni bajara olmasalar keyingi safar albatta bajara olishlariga ishonishadi.

2. Ularni nazorat qilishlariga yo’l qo’ymaydilar!

Ularni nazorat qilib bo’lmasligi uchun ham ular kimgadir hisobot berishmaydi. Faqat o’z-o’zini nazorat qiladi. Ularning kuchi ham shunda! Hech kimga quloq solmaydilar, ammo, hammaning fikrini eshitib xulosa chiqara olishadi.

3. Ular yangiliklardan qochishmaydi.

Ularda bitta kuch bor. Sirni yechish. Hayotda paydo bo’lgan muammolarni yangiliklarni yechish. Bitta qo’rquvi ham bo’lsa, bir joyda qotib qolishdir.

4. Foydasi yo’q ishlarga vaqtini ketkizib o’tirishmaydi.

Ko’chada to’xtab qolgan mashinalarga qarab "so’kinishmaydi". O’zidan tashqari hamma nazoratdan tashqarida ekanligini tan olishadi. Faqat o’zini nazorat qilish va boshqarish kuchlilik ekanligini bilishadi.

5. Ular hammaga yoqishga intilishmaydi.

O’zini barchaga yaxshi ko’rsatishga intilgan odamlarni ko’rganmisiz? Siz mabodo shu toifa vakili emasmisiz? O’zingizdan kechib boshqalarga yaxshi bo’lsin deb yashash ham rivojlanishdan to’xtash modelidir. Bunda o’zingizni ham siz yordam bergan insonlarni ham rivojlanishdan toxtatasiz. Kuchli odam mexribon va haqgo’y bo’ladi.

6. Aqlga, ilmga, tajribaga asoslangan tavakkal qilishdan qo’rqishmaydi.

Xavfli, noloyiq aqlsiz harakatlar o’rniga aqlli tavakkal qilishga kuch topishadi. Har bir reja, yangi boshlagan ishlari muvaffaqiyatli bo’ladi. Kuchsiz odam qaror qilishdan qo’rqsa, kuchli inson qaror qabul qilib bo’lganidan keyin qo’rqarkan.

7. Kechagi kundagi xato va kamchiliklarini xadeb eslayverishmaydi.

"Kechagi kunni ko’mmasang, kechagi kun seni ko’madi!". Kechagi kun bilan yashash o’lik xotiralar ichida aza tutishdir. Nega?!, "Nima uchun?!" deb savollar qurshovida savol fikrga aylana olmasligidir. Buning o’rniga bugunidan kuch topib uni baxtga aylantira olishadi.

8. Ular bitta xatoni ikki marta qaytarishmaydi.

Kuchli insonlar bitta harakatni qaytaraverishmaydi. O’ylab ko’ringda, bitta harakatni xadeb qaytaravergan inson kimga o’xshaydi? Albatta, kuchli insonlar esa, yangi harakat, yangi qaror o’ylab topishadi. Oldingi muvafaqiyatsiz harakatlardan voz kechadilar.

9. Boshqalarning omadiga xavas va xasad qilishmaydi.

Muvaffaqiyatga erishgan odamlardagi kuchlilik kalitini, ya'ni sirini topa olishadi va o’z hayotiga tadbiq etib, o’rgana olishadi. O’z ustida ishlashdan to’xtamaydilar.

10. Omadsizlikdan keyin yana muvaffaqiyatli bo’lish uchun qadam qo’yishga kuch topa olishadi.

Har bir omadsizlik yanayam muvaffaqiyat qozonish uchun bir imkoniyat. Kuchli odamlarni kuchli qilgan narsa ularning qiyin muammolarga tushganlaridir. Qachonki, hayotingizda muammoga duch keldingizmi, bilingki, u sizni kuchli qilish uchun yollandi.

11. Ular yolg’izlikdan qo’rqmaydilar.

Yolg’izlikdagi fikr va yakka o’ziga ishonish qanchalik katta kuch ekanligini faqat kuchli insonlar bilishadi. Ularning kayfiyatlari va baxtli bo’lishlari boshqalarga bog’liq emas.

12. Dunyo bizga qarzdor emas, odamlarning ham bizdan qarzi yo’q.

Sening baxtingga hech kim mas'ul emas. Hech kim sen uchun biror baxt sotib olib bermaydi. Faqat mehnat va maqsad tomon qadam sizni baxtli qiladi.

13. Hoziroq natijaga erishib bo’lmasligini, muvaffaqiyat uchun ham sabr kerakligini tushunishadi…