Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Tez uxlab qolishning ilmiy yo’llari

Samarali ishlashingiz uchun uyquga to’yishingiz kerak, lekin agar siz vaqtingizni uxlashga sarflasangiz, unda ishlaringizni bajarishga ulgura olmaysiz - bir qarashda bu muammoning yechimi yo’qdek ko’rinadi.

Statistik ma'lumotlarga ko’ra, bizning zamondoshlarimiz o’tgan asrdagilarga qaraganda uyqu uchun bir soat kam vaqt ajratar ekan. Va bu ruhiy va jismoniy salomatlik bilan bog’liq muammolarning asosiy sababi hisoblanadi.

Olimlar bizga biroz bo’lsada ko’proq uxlashga yordam beruvchi bir necha oddiy usullarni tavsiya qilmoqda.

Uxlash xonasidagi chiroqni o’chiring

Agar siz miyangizni chiroqning yorug’ligi yordamida qiynasangiz, u uxlay olmaydi. Ayniqsa unda kunduzgi chiroq norozilik tug’diradi.

Qo’l telefoningizni uzoqroq qo’ying

Gadjetlarning ekrani - uyqusizlikning haqiqiy omillari. Piksellarning lip-lip o’tishi va butun kecha davomida undan chiqadigan axborotlar oqimi sizni uyqudan mahrum qiladi yoki hech bo’lmasa uyquga ketish jarayonini ancha uzaytiradi.

Qahva ichishni tashlang

Albatta, ertalab ichilgan qahva sizni yarim soatga tetiklashtiradi. Lekin kofein miyadagi melatonin miqdoriga ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun qahva ichish odati uxlay olmaslikning sababiga aylanadi.

Uyquga ketishni taomilga aylantiring

Takrorlanuvchi harakatlar miyada uyquga ketish odatini shakllantiradi. Shuning uchun bir nechta oddiy harakatlar o’ylab topish va har kuni uxlash vaqti kelganda ularni amalga oshirish samara beradi.

Boshingizni sovuqda, oyoqlaringizni esa issiqda tuting

Xonaning salqin, toza havosi va oyoqlarga qo’yilgan iliq grelka uyqu uchun zarur sharoit yaratadi.

Ko’pikli vanna qabul qiling

Xushbo’y tuzlar va tinchlantiruvchi ko’pikli vanna mushaklarni bo’shashtirishga, ko’pincha uyqusizlikning sababi hisoblanadigan taranglikdan qutulishga yordam beradi.

Yaxshi narsalar haqida o’ylang

Uxlash oldidan o’zingizga kunning omadsiz lahzalari yoki hayotingizdagi barcha mash'um xatolar haqida o’ylashni taqiqlang. Yaxshisi, kuchukchalar yoki shunga o’xshash yoqimtoy narsalar haqida o’ylang.

Manba: sof.uz