Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Coca-Cola: dunyoning mashhur ichimligi shunchalik zararlimi?

Kola ichish taqiqlanishini tushunish uchun, birinchi navbatda nima uchun shunchalik zararliligini aniqlash lozim. Kola temirni yemirida degan omillarni chetga olib turib, qanday qilib organizmga ta`sir qilishini aniqlaylik.

Shakar. Shakar organizmga ko`proq zarar yetkazadi va shakar kola miqdorida anchagina. 100 grammlik ichimlikda, 9 gramm shakar mavjud. Barchaga ma`lumki mevali sharbatlar yahshiroq sanaladi. Keling misol tariqasida olmali sharbatni olaylik. Oddiy 100 grammli olmali sharbatda 10 gramm shakar miqdori mavjud ekan.

Kolada juda ko`p shakar borligi haqidagi omil juda mashhur. Ammo misolda ko`rganimizdek, kolaning shakar miqdori sharbatlarniki bilan bir hillikni tashkil qiladi.

Kola oshqozonni yemiradi. 2008-yilda bir tadqiqot o`tkazilgan va kola ovqatlardan qolgan “fitobezoarlar” ni ya`ni oshqozondagi toshlarni emirishi isbotlangan. Albatta kola oshqozondagi mayda toshlarni yemirishi mumkin, lekin butun oshqozonni yemirib qo`yolmaydi.

Ko`plab Evropa mamlakatlarida, shifokorlar kolani ba`zida dori sifatida maslahat berishadi, chunki u oshqozonni davolashi ham mumkin.

Kofein. Har kuni bir chashka kofe ichamiz lekin nimagadir biz kolada bo`lgan kofeindan qo`rqamiz. Masalan 1 litr kolada 80 milligramm kofein mavjud. Bir chashka espressoda (kofe) esa, 50-75 milligramm kofeinga ega, bir chashka kapuchinoda esa 154 milligrammni tashkil etadi.

Istemolda qilishda asosiy narsa bu me`yorni bilishdir. Inson yaratgan boshqa mahsulotlarga o`hshab, kola ham organizmga foyda olib kelmaydi. Lekin bir stakan kola hech qanday zarar yetkazmaydi.

Biz sizni har kuni bir litr kola ichishga chaqirmayapmiz. Unda mavjud bo`lgan shakar albatta sog`ligingizga foydali bo`lmasligi mumkin. Lekin, shirinlik bilan sharbat yoki kola ichishning hech qanday katta farqi yo`q.

Manba: fazo.tv