Do'kon

Hayotda muvaffaqiyatga erishishning oddiy qoidalari

Har bir insonning hayoti o’z qo’lida. Tanlash xuquqi doim mavjud, o’z hayotingizni nimalarga sarf qilishni o’zingiz hal qilasiz.

Butun hayotingiz, xar kuni qabul qiladigan qarorlaringizga bog’liq.

Insonlar ko’pincha unutib qo’yadigan juda oddiy haqiqat…: Kelajagingga mas'ul ekaningni o’zingga eslatib tur va eng to’g’ri yo’lni tanla!

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun oddiy qadamlarni qo’ying.

Vaqtli uyg’oning.

Erta tursangiz barcha ishlaringizga ulgurasiz va shoshilib, kechikib yurmaysiz. 1 haftadan so’ng vaqtli turishga ancha ko’nikasiz va hayot tarzingizda ham o’zgarishlarni sezasiz.

Mutolaa qiling.

Kitobdan yangi ma'lumotlarni o’qish va avval eshitmagan musiqani tinglash miyani rivojlantiruvchi ajoyib usullardir. Internetda turli keraksiz narsalarni izlagandan ko’ra, foydali maqolalar o’qing, badiiy adabiyotlarni ham unutmang. Bu klassik asarlar bo’lishi shart emas, zamonaviy va juda qizg’in mavzulardagi kitoblar ham ko’p.

Soddalashtiring.

Hayot murakkabliklarga to’la, muammo qidirsangiz ular juda ko’p. Dunyoga ijobiy ko’z bilan boqing.

Tin oling.

Shoshilinchda, bu qanday sohada bo’lmasin, xatoga yo’l qo’yishingiz mumkin. Bosiqlikni o’rganing, masalalarni sekin asta, ammo qat'iyat bilan hal qiling.

Jismonan faol bo’ling.

Sport - salomatlik va tetiklikdir. O’tirib ishlaydigan kishilar salomatligi bundan aziyat chekadi, ammo siz bir oz tanaffus qilib mashq qilishga vaqt topasiz. Jismoniy faollikdan so’ng miya ham yaxshi ishlaydi.

Mashq qiling.

Biron ish o’xshamadimi, yana bir bor urining! Muvaffaqiyat siri - tajribada. Yarim yo’lda qolmay harakat qilganlarga omad kulib boqadi.

Muloqot qiling.

Insonlar bilan aloqa katta ahamiyatga ega. Pozitiv, g’ayratga to’la, aqlli kishilar bilan qancha ko’p so’zlashsangiz ulardan ko’p narsa olasiz. Omadingizni qo’ldan chiqarmang!

Shukr qiling.

Yaratgan ularga berganiga shukr qiluvchi kishilar - eng baxtli kishilardir. Atrofingizdagilarga arzimagan xizmat uchun ham rahmat deyishni odat qiling. Nima bo’lishidan qat'iy nazar yaxshilikka yo’ying.

Qat'iyatli bo’ling.

Qat'iyatlilik va kerakli joydagi qaysarlik - ijobiy sifatlardir. Anglang: yarim yo’lda qo’l siltaganlar - yengilganlardir. Har qanday holatda ham tushkunlikka tushmang.

O’zingizga ishoning, qarorlaringiz va harakatlaringizni nazorat qiling, chunki ular bilan o’z kelajagingizni qurasiz. Bugun nima foydali ish qildim, deb o’zingizga hisob bering, halol bo’ling! Shunda muvaffaqiyatlar kaliti qo’lingizda bo’ladi.