Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Kompyuterda ishlaganda ko'zlarni asrashning eng zo'r usuli

Agar uzoq vaqt kompyuterda ishlasangiz, ko'rish qobiliyatingiz yomonlashishi aniq. Texas universiteti olimlari ko'zlarga muntazam ravishda dam berishni va bunda «20-20-20-20» nomli usuldan foydalanishni tavsiya etadi.

U juda oddiy – har 20 daqiqada ko'zlarni ekrandan olib, 20 soniya davomida kompyuterdan 20 fut (6 metrga yaqin) masofada turgan predmetlarga qarash kerak. Bu payda ko'zlarni kamida 20 marta yumib - ochish ham lozim bo'ladi. AQShlik mutaxassislarning fikricha, ana shunday oddiy, ammo samarali harakatlar ko'zlar qurishi va charchashi, shuningdek bosh va bo'yin og'riqlaridan qochish imkonini beradi.

Konditsionerli xonada ishlovchi odamlar ushbu qurilmaga alohida e'tibor qaratishlari lozim, chunki u havoni quritib yuboradi, bu esa ko'zlarda qurish va achishish hissini keltirib chiqaradi. Olimlar o'zlari ishlab chiqqan usulning samarali ekaniga shubha qilmayapti va uni nafaqat shaxsiy kompyuter foydalanuvchilariga, balki o'zining ko'rish qobiliyatini asrashni xohlagan barcha kishilarga tavsiya etadi.

Ko'zlaringizni asrang!