Kirish

Sen doim nimanidir kutasan!

Yaqinda men bir qiziq narsaga e`tibor berib qoldim: butun hayotim “kutgin” so`ziga to`g`ri kelar ekan.

Sen doim nimanidir kutasan. Kofe sovushini kutasan. Yozni kutasan. Yangi yilni kutasan. Asteroid tushushini kutasan va dollar tushushini kutasan. Feysbukda xabarni kutasan yoki telefoninga ko`ng`iroqni kutasan.

Muhim emas nechi yoshdasan, o`ttiz, etmish yoki ellik!

Qirq yoshda sen xotining ishdan qaytishini kutasan, besh yoshda qachonki onang seni bog`chadan olib ketishini kutasan. Doim kutasan va kutasan: oylikni, fil`m tugashini, yaxshi ob-havoni, ozishni yoki oq sochlar bo`lganini. O`z qurquvlaring ustidan g`alabani kutasan va raqibingni yiqilishini kutasan.

Kutasan, kutasan, kutasan.....

Sovg`ani va oddiy yaxshi dalda so`zni kutasan. Yolg`onni va tramvayni kutasan. Pitstsa kelishini va ish kuni tugashini kutasan. Va yana kutasan, kutasan, kutasan. Hamma kutadi, hamma narsani va har doim.

Ammo eng yoqimli narsa, bu seni kimdir kutishini bilishdir. Nafaqat unga sendan bir nima kerak, balki shunchaki kutyapti, kerakliging uchun. Seni qaerda kutishlari muhim emas: ijtimoiy tarmoqdami, uydami yoki ishxonada... Seni kutgan insonlar oldiga shoshilib borgin! Ana shunda o`zing ham o`zoq kutmaysan!

Manba: fazo.tv