Kirish
So'nggi yangilanish: 17.08.2018

Insonlarni hukm qilma

24 yoshdagi o’g’il otasi bilan poezdda ketmoqda.

O’g’il poezd oynasidan boshini chiqarib: Dada, qarang, daraxtlar orqaga ketmoqda..

Ota o’g’liga qarab kulib qo’ydi. Ularning yonida yosh er-xotin o’tirgan edi va ular 24 yosh insonni bunaqangi bola kabi qiliqlarini ko’rib ho’rsinib qo’yishdi.

O’g’il yana: Dada, bulutlar ham biz bilan birga yurmoqda...

Yosh er-xotin bu safar jim o’tirisholmadi va uning otasiga: Nima uchun o’g’lingizni shifokorga ko’rsatmagansiz?

Otasi kulib shunday javob berdi: Xa, men shifokorga ko’rsatdim. Biz hozir kasalxonadan kelyapmiz. O’g’limning ko’zlari ko’r bo’lib tug’ilgan edi va bugun uni operatsiya qilishdi. Hozir uning ko’zlari ko’ryapti.

Shunday ekan, har bir insonning o’z hikoyasi bor. Ularni bilmasdan turib, insonlarni hukm qilma. Haqiqat hayratda qoldirishi mumkin!

Manba: fazo.tv