Kirish
So'nggi yangilanish: 16.06.2018

Hayotning eng muhim narsalari nima?

Bir o`qituvchi darsga bir necha jihozlar bilan kelibdi. Dars boshlanganda, o`qituvchi bir bankani olib unga toshlarni to`lgunga qadar solibdi. Shunday so`ng, o`quvchilardan banka to`ldimi deb so`rabdi. O`quvchilar bir ovozda Xa deb javob berishibdi.

O`qituvchi endi mayda toshchalarni olib, bankaga solishni boshlabdi. Keyin esa, o`qituvchi bankani silkitibdi va mayda toshchalar oldin solingan toshlar orasiga joylashibdi. Yana o`qituvchi banka to`laligini so`rabda va o`quvchilar to`la deb ta`kidlashibdi.

Shundan so`ng, o`qituvchi qumni olib shu bankaga solibdi va qum bankaning boshqa joylarini to`ldiribdi. O`quvchilar yana banka to`laligini aytishibdi.

Shunda o`qituvchi shunday debdi: banka – bu sening hayotingdir. Katta toshlar esa hayotning eng muhim narsalaridir ya`ni sening oilang, turmush o`rtog`ing, sog`liq va farzandlaringdir. Sen hayotda qanday omadsizliklarga uchramagin, lekin shular bilan baribir hayoting to`laligicha turadi. Mayda toshlar esa sening ishing, uy-joy, mashina va shunga o`xshash narsalardir. Qum esa qolgan boshqa mayda narsalardir.

Agarda sen bankaga birinchi qumni solsang, tosh va mayda toshlarga joy qolmaydi.  Huddi shunga o`xshab, agarda sen hayotingni keraksiz, mayda-chuyda narsalarga sarflasang, hayotning muhim narsalariga joy topa olmaysan.

Shunday ekan, hayotning muhim qirralariga katta e`tibor ber. Katta toshlar haqida birinchi navbatda fikr yurit va ularni asra. Hech qachon kech emas! O`zingga kechirim ber va kelajak tomon olg`a qadam bos!!!

Manba: fazo.tv