Kirish

Steve Jobs ning ohirgi so’zlari (Apple kompaniyasi asoschisi)

Ko’plarimiz Steve Jobs haqida eshitgan bo’lsak kerak? Bu inson Apple kompaniyasining asoschisidir. Men u haqida ko’p bilmagam edim, navbatdagi boyvachcha deb o’ylagan edim. Ammo u o’limdan oldin yozgan narsalar meni yanada o’z hayotim haqida yaxshilab o’ylashga majbur qildi:

“Men biznesdagi muvaffaqiyat cho’qqisiga chiqdim. Boshqalarning ko’zlarida mening hayotim muvaffaqiyat ramzi bo’ldi.

Biroq, ishdan tashqari mening hayotimda xursandchilik juda kam bo’lgan. Mening boyligim – men o’rganib ketgan fakt bo’lib qoldi.

Hozirgi vaqtda kasalxonada yotibman va butun hayotimni eslayman, men shuni tushundimki, men mag’rurlanib yurgan barcha maqtov va boylik, o’lim oldida men uchun hech narsa emas ekan.

Qorong’ilikda men sun’iy nafas olish jihozining yashil rangiga qarab yotibman va hamma mexanik tovushlarni eshityapman, men o’lim yonidagi nafasni eshityapman.

Men faqatgina hozir tushunishni boshladim, qolgan hayotimni yaxshi yashash uchun etarli pul bo’lgandan keyin, boylik bilan bog’lik bo’lmagan boshqa maqsadlarga intilishim kerakligini tushundim.

Bundan muhimroq narsa bo’lishi kerak: Masalan, sevgi haqida hikoyalar, san’at, yoshligimdagi orzular.

Doimiy boylik ortidan yugurish insonni qo’g’irchoqqa aylantiradi. Bu narsa men bilan ham sodir bo’ldi. Biz sevgimiz haqida yaqinlarimiz bilan bo’lishish uchun, Xudo bizga his-tuyg’ularni taqdim etdi.

Hayotimda erishgan boylikni, men o’zim bilan olib ketolmayman. Men olib ketishim mumkin bo’lgan narsa – bu faqat sevgi bilan bog’liq bo’lgan xotiralarimdir. Sening ortingdan ergashadigan va senga oldinga intilish uchun kuch beradigan narsalar haqiqiy boylik sanaladi.

Sevgi katta masofalardan o’tishi mumkin. Hayotda chegaralar yoq. Siz erishmoqchi bo’lgan cho’qqilarga erishing. Siz yurak chaqirgan tomonga boring. Buning barchasi sizning qo’llaringizda.

Pulga ega bo’lib, sizni olib yuradigan insonlarni ishga olishingiz mumkin, uyni yoki ishxonani yig’ishtiradigan insonlarni olishingiz mumkin. Ammo hech kim kasalingizni o’ziga ololmaydi.

Moddiy narsalarni topish va qidirish mumkin. Ammo bir narsa borki, agarda uni yo’qotsang hech qachon topolmaysan. Bu hayot.

Sizning yoshingiz va nimaga erishganingiz muhim emas. Barchamizda hali mo’jizaviy kunlar keladi.

Sizning boylingingiz – bu oilaga, yaqinlaringizga, sevgan insonga, do’stlaringizga bo’lgan sevgidir. O’zingizni asrang. Boshqalarga g’amxo’rlik qiling”.

Manba: fazo.tv