Kirish
So'nggi yangilanish: 17.08.2018

Jek Ma: Agar sen urinib ko'rmasang seni qancha miqdorda imkoniyatlar kutayotganini qayerdan bilasan?

Ko’plarimiz Jek Ma haqida eshitgan bo’lsak kerak? Bu inson Alibaba Group kompaniyasining asoschisidir. Quyida ushbu inson tomonidan keltirilgan ahamiyatli va hayotda kerak bo’ladiga maslahatlarni havola etmoqchimiz.

- Sen to'g'ri odamlar bilan bo'lishing kerak, eng yaxshi odamlar bilan emas;

- Biznesda narx bo'yicha musobaqalashmang, buning o'rniga xizmat ko'rsatish va innovatsiya bilan musobaqalashing;

- Odamlarni muvaffaqiyatini o'rgangandan ko'ra ularni xatolarini o'rganing;

- Hech qachon ortga qaytma. Bugun senga qiyin, balki ertaga ham bundan ko'ra qiyinroq bo'lar, ammo ertadan keyin albatta quyosh charaqlab chiqadi;

- Men o'zimni doim baxtli qilishga xarakat qilaman, chunki agar men baxtli bo'lmasam, ishchilarim ham, mijozlarim ham, chakana savdo agentlarim ham o'zini baxtli his etishmaydi;

- Agar sen urinib ko'rmasang seni qanchalar miqdorda imkoniyatlar kutayotganini qayerdan bilasan?;

- Sen hayoting davomida qancha ishlarni bajara olishingni hech qachon bila olmaysan;

- Sen raqibingdan o'rgan lekin u qilgan ishni qilma. U qilgan ishni qilsang biznesda yutqazasan;

- Hayot qisqa, ammo go'zal.

- Shikoyatlar bor joyda imkoniyatlar yotgan bo'ladi.