Kirish

Hech kimga aytish kerak bo’lmagan 7 narsa!

1. Kelajak rejalarni. Bu yerda gap hasad yoki ko’z tegishda emas, balki bu o’zingizga tegishligidadir. Ruhshunoslarning aytishlaricha, qachon siz muhim rejangiz bilan bo’lishsangiz, sizning miyangiz uni bajarilgan deb hisoblashni boshlar ekan. Lekin bu yerda er, xotin, ota-ona yoki yaqin do’st nazarda tutilmagan.

2. Buyuk g’alabalaringiz haqida. Hatto, siz uch boshli ajdarhoni yengan bo’lsangiz – bu haqida hamma atrofdagilarga aytib berish shart emas. Bunda sizda maqtanchoq bo’lish xavfi bor.

3. Chegaralashtirish haqida. Siz jiddiy parhezdamisiz yoki ro’za vaqtidasizmi? Bu hurmatga sazovor, ammo bu haqida gapirib yursangiz manosini yo’qotishi mumkin. Chunki har qanday ruhiy chegaralarda kamtarlik bo’lishi kerak.

4. Boshqalar haqida yomon gaplarni. Ayniqsa ular yoningizda bo’lmasa. Bu g’iybat deb ataladi va shunday insonlarni ko’pincha hurmat qilishmaydi. Esta tuting, agarda kimdir sizga boshqalar haqida ular yo’qligida yomonlik aytsa, huddi shunday siz yo’qligingizda siz haqingizda ham aytishi mumkin.

5. Shaxsiy muammolar. Bu yerda uydami, ishdami, shaxsiy hayotda yoki finansda bo’lishi mumkin. Sizning muammolaringiz – bu faqat sizni maummolaringiz va siz ularni yechimini topishingiz kerak. Albatta, kimgadir aytganingizda siz dalda olishingiz mumkin. Ammo kerakli insonlarga (ota-ona, yaqin do’st, er-xotin) aytish mumkin.

6. Bilimingiz haqida. Umuman olganda maqtanish yaxshi narsa emas. O’ta ma’lumotli bo’lsangiz ham bu haqida hammaga aytib yurish shart emas. Birinchidan, siz o’zingizni ustun qo’yib, kimnidir xafa qilishingiz mumkin. Ikkinchidan esa, bilimni ishlatmasangiz hech nimaga ega emassiz. Shuning uchun Bill Geyts bo’lmasangiz, demak rivojlanishda davom eting va bilimingizni hayot tarzingizda aks ettiring.

7. Yaxshi ishlar haqida. Yaxshilik qildingizmi, kimgadir yordam berdingizmi, uysiz itga ovqat berdingizmi, qushlarga yem berdingizmi, kimnidir hayotini yoki obro’sini qutqardingizmi, balki butun oylikni ehson qildingizmi? Yaxshi! Xudo albatta buni ko’radi va sizga yuz baravar qaytarib beradi. Ammo bu haqida hammaga aytib yurish kerak emas, chunki sizning yaxshi ishlaringiz o’zingizni ko’rsatish uchun deb qabul qilinadi.

Manba: fazo.tv