Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Olimlar aqlli va muvaffaqiyatli bolalarni o’stirish yo’lini topishdi

Olimlar sal kam yarim asr mobaynida bir noyob tadqiqot bilan shug’ullanib kelmoqda. 1968-yilda AQSHning Baltimor shahrida yashovchi Julian Stanley ismli professor “qobiliyatli yoshlarni” o’rganish uchun ilmiy guruhni yaratdi. Shundan beri professor va uning kasbdoshlari 5 mingdan ortiq turli hil insonlarning yoshligidan boshlab erishgan mavqei va yutuqlarini kuzatishni boshlashdi. Asosiy maqsad “superaqlli” bolalarni o’sish usulini topish bo’lgan.

Tadqiqot shuni ko’rsatdiki, aqlli va muvaffaqiyatli bolalarni o’stirish uchun qandaydir bir maxsus omil yo’q. Ammo ko’plab omillar orasida eng muhumlarini aniqlab berishdi:

Ota-onalar sevgisi. Ularning dalda va yordami bola uchun eng kerakli narsadir. Aynan shu narsa bolaning miya rivojlanish jarayonini tezlashtiradi.

Majmuaviy vazifalar. Vaqti-vaqti bilan ularning qiyinlik darajasini ko’tarish kerak. Shunday o’rgatish usuli fikr yuritishga va egiluvchan bo’lishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Oddiy jumboqlar va video o’yinlar. Ikkalasi ham bilim funktsiyalari o’zgarishiga olib keladi. Masalan fikrlash, xotira, diqqat va rejalashtirish.

Musiqa asboblarida o’ynash. Bu narsa nafaqat bolalarni intellektual rivojlantiradi, balki yana kattalarga katta foyda ham beradi.

Kitoblar o’qish. Bolalarga o’rgatish kerak bo’lgan muhim odatlardan biri va uni butun hayot mobaynida unutmaslikni maslahat beramiz.

Hamma ota-onalar o’z bolasini ulg’ayganda muvaffaqiyatga erishganini ko’rishni istaydi. Shuning uchun Sulaymon shox shunday gap aytgan va u hozirgi vaqtgacha ham yaxshi ta’sirga ega:

“Bolani to’g’ri yo’lga solib tarbiyala, shunda qariganda ham yo’lidan adashmaydi”algandi.

Manba: fazo.tv