Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Toyota kim yoki nima?

Bugungi kunga kelib «TOYOTA» rusumli avtomobillarni barcha biladi. Lekin Kipchiro Toyoda haqida eshitganmisiz?

Vaholanki, Kichiro Toyoda bo’lmaganida, ehtimol bu mashina ham umuman yaratilmagan bo’lardi. Gap shundaki, jahonda AQShning «Jeneral motors» va «Ford motor» kompaniyalaridan keyin 3 o’rinda turadigan Yaponiyaning «Toyota» avtomobillar kompaniyasi asoschisi Toyoda Kipchirodir. Qanday ixtirochining hayot yo’lini yoki biror bir muvaffaqiyatga erishish yo’lini qaramang, hammasi eng avvalo oddiy narsalardan ish boshlagan. Toyoda kompaniyasi ham to’qimachilik mashinalari ishlab chiqariladigan zavodning bir bo’linmasi sifatida ish boshlagan. Keyinchalik 1937-yildan boshlab ajralib chiqqan.

Bu kompaniya ajrab chiqqach faqat o’n yildan so’ng 1947-yilda birinchi yengil avtomobilni chiqardi. Avtomobil ko’pchilikni qiziqtirib qo’ydi. Bundan quvongan kompaniya xodimlari yangi konstruktsiyadagi avtomobillar turini o’ylab topa boshladi. Ko’pchilik bu rusumdagi avtomobillarning «Korolla» «Kerika», «Sprinter» «Karina», «Tarkel», modellarini juda yaxshi biladi. Bularning har biri turli yillarda chiqarilgan bo’lsa ham, har biri, mukammalligi va mustahkamligi bilan shuhrat qozongan. Hozir, «Toyota» kompaniyasining vakolatxonalari bir qancha davlatlarda faoliyat yuritmoqda. Aytganday, bu kompaniyada avtomobillarni yig’ish jarayoni 98 foiz robotlashtirilgan.

Kipchiro Toyoda yoshligida, o’ta tirishqoq va qiziquvchan bo’lgan ekan. Ota-onasi uning bu tirishqoqligi va qiziqishini to’g’ri yo’naltira olgan. Uning texnikaga qiziqishi va uquvini sezgan ota-ona unga shu ish bilan shug’ullanishga ruxsat berishgan. Garchi, ular farzandining qora moyga belanib ishlashini yoqtirmasalar ham, bu borada uning qiziqishini ustun qo’yishgan. Har bir ixtirochi, dastlab, ko’pgina inqirozlarga uchraydi. Qilgan ixtirolari muvaffaqiyatsiz chiqadi. Bunday holatlar Toyodaning ham hayotida uchragan. Uning eslashicha, shunday paytlarda unga dalda bo’lib, yana olg’a intilishiga ota-onasi sababchi bo’lishgan ekan.

Manba: fazo.tv