Kirish
So'nggi yangilanish: 19.06.2018

Daholarga hos 11 odat

Oddiy odamlar «daho» sozini eshitganda  reallikdan yiroq bolgan odamni tasavvur qilishadi. Ammo psixologlar daholarning galati odatlari bolganligi haqida ishontirishmoqda.

Ehtimol ichingizdan ayrimlaringiz ushbu materialni oqib, ozingiz yoki yaqiningizda haqiqiy dahoni tanib olarsiz.

1. Qisqa uyqu

Shifokorlar bir kunda yetti-sakkiz soat uxlash kerakligini tavsiya etishsa ham daholar bu fikrga kamdan-kam amal qilishadi. Mashhur kashfiyotchi Nikola Tesla bir sutkada ikki soat uxlaganini, bazida esa 84 soatlab tinimsiz ishlaganini aytgan. Tarixchilar Leonardo da Vinchi har tort soatda 20 daqiqadan uxlagani haqidagi malumotlar bor.

2. Mushuklarga bolgan muhabbat

Tarixdan malum bolishicha, yuqori intellektga ega ijodkor odamlar mushuklarning ishqibozi bolishgan. Masalan, bu uy hayvonini Salvador Dali, Anri Matiss va Ernest Xeminguey sevgan. Tadqiqotlarning korsatishicha, mushuklarning egalari juda yuqori IQ va juda yaxshi bilimga ega bolishadi.

3. Tartibsizlik

Genial odamlarning ustaxonalari va xonalari odatda tartibsiz boladi. Psixologlarning tadqiqotlari ivirsiq stol ijodiy fikrlashga olib kelishini isbotlagan. Masalan, Mark Tven ham mashhur ivirsiq bolgan.

4. Tushunarsiz husnixat

Agar kimdir xusnixatingiz tushunarsizligi haqida aytsa buni maqtov deb qabul qiling. Tadqiqotlarning korsatishicha, daho odamlarning xusnixatlari juda hunuk boladi, sababi ularning miyalari qollaridan tezroq ishlaydi.

5. Atletik qomat

Sportchilar ikkita gapni qoshib gapirolmaydi degan fikr notogri. Aytaylik, Pifagor bokschi bolgan. Bekorga Qadimiy Gretsiya juda koplab faylasuflar makoni bolgan emas. Greklar atletik qomat daholarning korinishi deb hisoblashgan.

6. Ertalabki qahva

Betxoven musiqa boyicha daho bolgan. U har kun ertalab roppa-rosa 60 ta qahva donasini bir finjon qahva uchun sanab solgan. Benjamin Franklin bosh vaqtini qahva dokonlarida otkazgan, Balzak esa qahvaga boglanib qolganligini asarlarida ham yozib qoldirgan.

7. Yolgizlikni sevish

Deyarli barcha daholar — introvertlardir, ularning ayrimlari esa ahamiyatli narsalar faqat yolgizlikda amalga oshishiga ishonishgan. Yozuvchi Jeyn Ostin uning oldiga kimdiri tosatdan kirib qolmasligi uchun eshigiga gichirlaydigan qulf osib qoygan.

8. Uzoq sayrlar

Syoren Kerkegor va Charlz Dikkens kabi buyuk daholarga eng yaxshi goyalar sayr paytida kelgan. Kerkegor sayrdan keyin goyalarini yozib olish uchun uyga shoshgan. Betxoven sayr paytida doim yonida qalam va yon daftar olib yurgan. Chaykovskiy har kuni ikki soatdan sayr qilib, sayr qilmay qolsa kasal bolib qolishiga ishongan.

9. Shaxsiy kundalik

Leonardo da Vinchi, Volfgang Amadey Mosart, Virjiniya Vulf va boshqa aksariyat istedodli odamlar oz fikrlarini yozib borishgan. Fransuz rassomi Ejen Delakrua oz kundaligi haqida shunday degan: «Uzoq tanaffusdan song men yana kundaligimni yuritishga kirishdim. Bu mening asablarimni tinchlantirishning birdan-bir yoli».

10. Musiqaga muhabbat

Leonardo da Vinchi bir yola bir nechta asbobni chalishni bilgan va hatto ozining asbobini ham yaratgan. Galileyni esa musiqa turli falsafiy ishlarni yaratishga ilhomlantirgan.

11. Tabiatga muhabbat

Ralf Uoldo Emerson, Genri Devid Toro va Robert Frostlar tevarak atrofga katta muhabbat his qilishgan. Ularning ayrimlari eng yaxshi ishlarini yolg`izlikda ochiq havoda yaratishgan.