Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Nima uchun jarrohlar faqat yashil va ko’k kiyimlar kiyib yuradi?

Siz hech nima uchun shifokorlar ko’pincha oq emas, balki yashil yoki ko’k kiyim kiyib yurishlari haqida o’ylab ko’rganmisiz?

Dastlab barcha tibbiy hodimlarning kiyimi oq edi, biroq 1914-yilda bir nufuzli shifokor oq kiyimini yashilga almashtirdi, so’ngra esa ko’kga. Gap shundaki, shifokor jarrohlik jaroyinida qonning to’q qizil rangini ko’ra turib, keyin birdaniga hamkasblarining oq kiyimiga nazar tashlasa, bu narsa shifokorning ko’zlariga ta’sir ko’rsatadi. Agarda biz uydan chiqib, quyoshli kunga qarasak, huddi shunga o’xshab ko’zlarimiz qamashadi.

Lekin nima uchun operatsiya xonasida shifokorlarning kiyimi ko’k va yashil, binafsha yoki sariq emas? Gap shundaki, yashil va ko’k ranglari spektrda qizil rangga qarama qarshi bo’lishadi, operatsiya vaqtida esa jarroh doim qizil qonga qaraydi.

Shunday qilib, yashil va ko’k ranglar, nafaqat shifokorlarning ko’zlarini rag’batlantiradi, balki qizil rangga ularni ko’proq moyil qiladi. Binobarin, operatsiya davomida xato yuzaga chiqishini pasaytiradi.

Manba: Adme.ru, fazo.tv