Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Smartfon semirtiradi! Qanday qilib deysizmi?

Barcha muammolar diqqatning bo’linishiga borib taqaladi. Hech e'tibor berganmisiz, tashqi ta'sir ostida siz ko’proq ovqat yeyishga moyil bo’lasiz. So’nggi tadqiqotlarga ko’ra, insonga eng yomon ta'sir ko’rsatadigan narsa – bu smartfon. Buni qarangki, smartfon semirishga olib kelar ekan. Qanday qilib deysizmi? Marhamat, bu ma'lumotlar siz uchun!

Jismoniy mashqlar va vaqt

Mashqlar uchun vaqt ajratish – hozirgi zamonda oson emas. Fitnes klubi uchun ajratilgan bir soat vaqt qanday o’tib ketganini bilmay qolasan kishi. Beylor universitetining sosiologlarining so’nggi tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, talabalar bir sutkada 8 soatlab smartfonlariga tikilib o’tirishar ekan. Shunday ketaversa, qomatni saqlab qolish jiddiy muammoga aylanishi aniq.

Qulay uy sharoiti

Insonlar borgan sari bo’sh vaqtini o’z uyida o’tkazishga moyil bo’lib qolishmoqda. Haqiqatdan ham, butun olam qo’lingda bo’lganidan keyin biror erga borishning hojati ham qolmaydi. Hattoki yoz “kichik hayot”dan navbatdagi faslga aylanib qoldi: ko’z oldingda ekran turaversa, yoningda nimalar sodir bo’layotganini sezmay qolish hech gapmas.

Taom va miya

Ovqatlanish paytida miya oshqozonga to’yish darajasi haqida signallar yuboradi. Har qanday chalg’ituvchi omil bu signallarning to’g’ri qabul qilinishiga halaqit beradi. Oddiy qilib aytganda, ovqat vaqtida butun e'tiboringizni taomga qaratmasangiz, to’yganingizni bilmay qolasiz va natijada me'yordan ko’p eguliklar eb qo’yasiz.

Zararli mahsulotlar

Orlando Universiteti olimlari oddiy tajriba o’tkazishdi. Respondentlarning bir guruhi butkul sokin sharoitda taom tanlab, iste'mol qilishi kerak bo’lgan – hech qanday televizor va kitoblarsiz. Ikkinchi guruh a'zolari esa ko’ngillariga kelgan sharoitda bu ishlarni amalga oshirishi so’ralgan. Buning natijasida hattoki arzimagan chalg’ituvchi omil insonni zararli mahsulotlarni tanlashga etaklashi aniqlangan.  Butun diqqatini taomga qaratgan guruh esa to’g’ri mahsulotlarni tanlagan.

Anglab ovqatlanish

Muammoning echimi oson va oddiy: taom iste'mol qilayotganingizda bor e'tiboringizni unga qarating. Elektron pochtangizni tekshirmang, serial ko’rmang – bularga alohida vaqt ajratish mumkin. Ovqatning mazasini his eting, uni to’g’ri chaynang. Taxminan ikki hafta sevimli gadjetingizsiz o’zingizni noqulay his etasiz, keyin esa buning yaxshi tomonlarini ko’ra boshlaysiz.  Shunday ekan, asosiy qoidani unutmang - Ovqat paytida chalg’imang!

Manba: sof.uz