Kirish
So'nggi yangilanish: 18.08.2018

Olimlar inson tanasidagi beshta “ortiqcha” a'zoni aniqladi

Olimlar organizmimizda “keragi bo’lmagan” beshta a'zoni aniqladi. Mazkur “rudiment a'zo”larga dumgaza, ko’richak o’simtasi, aql tishi, quloq mushaklari va uchinchi qovoq kiradi.

Tadqiqotchilar ushbu a'zolar dastavval insonning yashab ketishi uchun zarur bo’lganini, ammo hozirgi shart-sharoitda ularga ehtiyoj yo’qligini aytmoqda.

Xususan, qadimiy ajdodlarimiz tola-tolali yemakni chaynash uchun aql tishidan foydalangan. Ovqat hazm qilish jarayonida ko’richak ham ishtirok etgan. Quloq mushaklari tovushni tez ilgashda asqotgan, dumgaza esa odamzodga “dumli o’tmishi”ni eslatib turadi.

Manba: sof.uz