Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Nima uchun erkaklar kostyumning pastki tugmasini taqishmaydi?

«Ba’zan, har doim, hech qachon!» – bu qoidani hayotida bir marotaba kostyum kiygan har bir erkak bilishi shart.

Bu qoidaga shunday izoh beramiz:

- “Ba’zan” kostyumning yuqori tugmasini taqish kerak

- “Har doim” kostyumning o’rta tugmasini taqish kerak

- “Hech qachon” kostyumning pastki tugmasini taqish kerak emas.

- Shu qoida nimchalar uchun ham ishlaydi: pastki tugma har doim taqilmagan qolishi lozim.

Agarda pastki tugma taqilmasa, unda nima uchun oxirgi tugmani tikishadi? Bu an’ana qayerdan kelgan?

So’nggi tugmani taqmaslik urf-odati, ortiqcha vaznga chalingan Eduard VII qirolga borib taqaladi. Eduard shahzoda bo’lgan davrda, kostyumlar endi modaga kirishni boshlagan edi. Eduardning nimchasi o’ziga tor edi, shuning uchun u pastki tugmani taqmaslikka qaror qilgan. Britaniya hokimiyati, butun Angliya axolisi va Britaniya koloniyalari esa o’zining bo’lajak qirolining hurmati yuzasidan pastki tugmani taqmaslik qaror qilgan.

Manba: fazo.tv