Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Tadqiqot: kaptarlar xato qaror qabul qilgan yetakchisini chetlashtirishi aniqlandi

Agar kaptarlar yetakchisi parvoz yo’nalishini noto’g’ri ko’rsatsa, qushlar guruhi birlashib, boshqa yo’nalish bo’yicha uchishi mumkin, yetakchi esa o’z nufuzini yo’qotib boradi. Bu haqda, Biology Letters jurnalida chop etilgan maqolaga asoslanib, Naked Science xabar berdi.

Britaniyalik olimlar o’z tadqiqotlari natijalarini chop etib, unda kaptarlar parvoz yo’nalishini belgilashda ma'lum ierarxiyaga tayanishini ko’rsatdi.

«Ilgarigi tadqiqotlar ularda navigasion ierarxiya borligini aniqladi, bunda har bir individning nufuzi uning individual obro’i bilan, ta'sir darajasi va qaror qabul qilishdagi o’rni bilan bog’liq. Bizning tadqiqotda ushbu ierarxiya boshida turuvchi qush ko’rib chiqildi», — dedi tadqiqot guruhi a'zosi Izobel Uotts.

Kaptarlar to’dasida bunday ierarxiya tez-tez yangilanib turishi aniqlandi.

Manba: sof.uz