Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Farzandlarini sanamaydigan qabila

Braziliya o’rmonlaridan o’tuvchi Maisi daryosi qirg’oqlarida piraxa qabilasi yashaydi. Ular o’troqlashgan bo’lib, ovchilik bilan shug’ullanishadi.

Qabila ahli zamonaviy olamning yangiliklarini qiziqqonlik bilan qabul qilsada, o’zlarining hayot tarzini o’zgartirishga harakat ham qilishmaydi. Qabilaning qiziq bir odati bor: ular "kecha", "bugun", "ertaga", degan tushinchalarni, hisob kitobni bilishmaydi. Biroq tushunchalari bor. Masalan, "bitta" kam miqdorni bildiradi, "ko’p" esa o’z-o’zidan buning teskarisi. Agar siz qabila ayollaridan biridan nechta farzandi borligini so’rasangiz, u tabassum bilan javob qaytaradi xolos. Chunki u farzandlarini sanamaydi, ularni yuzidan taniydi. Piraxalar har o’n yilda ismlarini o’zgartirishadi. Bu shunchaki oddiy diniy marosim bo’lib, yomon taqdir ularni topib olmasligi uchun shu tarzda yovuz ruhlardan himoyalanar ekan.