Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Ronalduni bayramga chaqirish uchun qancha pul kerak?

Dunyo futboli yulduzlari nafaqat futbol o’yinidan katta maosh olishadi, balki boshqa yo’llar bilan ham anchagina pul topishadi. Masalan, sizning bayramingizga kelishi mumkin.

Qiziq, Krishtianu Ronalduni bayramga chaqirish uchun qancha pul kerak bo’ladi?

Javob: 920.000 funt. Bu taxminan 4.484.520.000 so’m bo’ladi. Bu pul evaziga nimaga ega bo’lasiz?

   1. 4,5 soat futbolchi bilan muloqot;

   2. Uning dastxati tushirilgan 5 ta futbolka;

   3. Foto sessiya;

   4. Ronalduning ijtimoiy tarmoqlarida ikki marotaba sizning bayramingiz haqida eslatma.

Agar do’stlaringizni va mehmonlarni lol qoldirmoqchi bo’lsangiz, unda Ronalduni chaqirishingiz kerak.

Manba: fazo.tv