Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Yaponiyada maymun ofitsiantlarni topish mumkin (+video)

Har bir restoran mijozlarni jalb etish maqsadida, qandaydir ishlarni qilishi kerak. Yaponiyadagi bir restoran juda ajoyib xizmat bilan mijozlarni ajablantirib qo’ydi! Unda mijozlarga xizmat ko’rsatish uchun ikki maymunni ishga oldi deb xabar beradi fazo.tv.

Endi ikki yoqimli maymun Kayabukiya kafeda ishlashadi, ular maxsus forma kiyishadi va katta mas’uliyat bilan mehmonlarga xizmat ko’rsatmoqdalar.

Ularning ismi Fuku-Chan va Yat-chan, va ular har doim mijozlarni mamnun qilishga va ularning ruhini ko’tarishga tayyor. Ular o’ynoqi va notinch tuyulishi mumkin, lekin bu maymunlar – haqiqiy professionallardir! Birinchidan, mehmonlarni kutib, ulardan buyurtma olishadi, ularga oziq-ovqat va ichimliklar olib kelishadi, keyin nihoyat xodimlari uchun stolda o’tirib, sevimli loviya bilan ovqatlanishadi.

Mijozlaridan birining aytishicha, maymunlar eng tarbiyali va mas’uliyatli ofitsiantlardir va ba’zi «qo’pol odamlar» dan yaxshiroq ekan.

Bu ajoyib maqtovlardan so’ng, restoran egasi endi uchta maymun o’smirni o’rgatishni boshladi. Yaponiyada hayvonlarning huquqlari hisobga olgan holda, yosh ishchilar bir kunda faqat 2 soat ishlashadi.