Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Butun dunyoda yiliga qancha pora berilishi hisoblab chiqildi

Birlashgan millatlar tashkiloti hisob-kitoblariga ko'ra, yiliga butun dunyo bo'ylab beriladigan poralar hajmi 1 trillion dollarni tashkil etadi.

 

BMT Taraqqiyot dasturiga ko'ra, jahon iqtisodiyoti korrupsiya holatlari tufayli yiliga 2,6 trillion dollar mablag' yo'qotadi.

«BMT poraxo'rlik - jiddiy jinoyat ekanini, bu ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga jiddiy zarar yetkazishini eslatib o'tadi. Hech bir mamlakat, hech bir mintaqa korrupsiyadan sug'urtalanmagan»,- deyilgan BMT xabarida.

Manba: kun.uz