Kirish
So'nggi yangilanish: 21.05.2018

Qadimgi topilmalar yerda hayot 3,5 milliard yil oldin boshlanganligini ko’rsatdi

Los-Anjelesdagi Kaliforniya Universiteti va Madison Viskonsin universitetining olimlari hozirgi kunga ma'lum bo'lgan eng qadimiy topilma qoldiqlarini topishdi. Topilmalar yerning yoshi 3,5 milliard yildan ortiqroqligini ko’rsatdi. Maqola Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etilgan deb xabar beradi EurekAlert.

Tadqiqotchilar g’arbiy Avstraliyaning Apeks shtatidagi tosh namunalaridan ko’zga ko’ringmaydigan mikrotopilmalarni topdilar. Bu yerda geologik o'zgarishlarga uchramagan va yaxshi saqlanib qolgan qadimiy konlar joylashgan. Mikrotopilmalar birinchi marta 1993 yilda tavsiflangan edi, biroq bir qator olimlar ularni biologik organizmlar emas, balki ularni minerallar deb hisoblashgan.

Biologlar qattiq moddalarning tarkibini tahlil qilish uchunikkilamchi ion mass-spektrometri deb ataladigan metoddan foydalanganlar. Bu tog’ jinslari shaklidagi uglerod izotoplari (uglerod-13 va uglerod-12) namunalarini tahlil qilish imkonini beradi, ularning nisbati orqali turli organik moddalarni aniqlash mumkin. Izlanishlar mikrotopilmalar aslida jonli mavjudod izlari ekanligini ko’rsatdi.

Manba: EurekAlert