Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Amerikalik kosmologiya bo’yicha katta mutaxassis nihoyat o’limdan keyin hayot borligini tan oldi

Bungacha Kaliforniya texnologiya instituti kosmologiya va fizika bo’yicha katta mutaxassisi, professor Shon Kerol o’limdan keyin hayot yo’qligi, fizika buni allaqachon isbotlaganini aytib, barchani “xudo rahmat qilsin”, “jannat va do’zax” tushunchalaridan voz kechishga chaqirgandi. Qarangki, yaqinda u o’z fikrlarini qayta ko’rib chiqish uchun yangi tadqiqotlar olib boribdi. Bu tadqiqotlar unga haqiqatni namoyon etdi va professorning fikri umuman o’zgarib ketdi.

Men odam ruhi atom, elektrondan tashkil topganini yana bir karra tekshirib ko’rdim, - deydi professor. Va haqiqatni anglab yetdim. Laboratoriya tekshiruvlari, kuzatuvlar menga aslida o’limdan keyin ruh yashab qolishini qayta-qayta isbotladi. Shu bahonada men yangi ma’lumotlarga ham ega bo’ldim. Ma’lum bo’ldiki, odam jismoniy o’lim topgach, ruh tanadan ajralib chiqadi. Ruh tashkil topgan atom, elektronlar esa koinotda o’zining alohida maydoniga ega. Ruh tanadan ajralib chiqqach, o’sha maydonga yo’l oladi. U yerda ruhimiz boshqa ko’rinishda yashay boshlaydi. Ushbu ko’rinishni yerliklar ko’ra olishmaydi. Xudo bunga imkon yaratmagan.

Jannat va do’zax tushunchasiga kelsak, ular mavjud. Lekin ular ham inson zotiga ko’rinmas, inson oyog’i yetmas olislikda joylashgan kvantli ob’yekt hisoblanadi. Bu ikki ob’yektni faqat ruh ko’ra oladi.

Manba: hordiq.uz