Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

O’zbekistonda avtomobillar davlat raqamlaridagi harflar qaysi tashkilotlarga tegishliligini bilasizmi?

O’zbekiston Madaniyat vazirligi Telegram’dagi rasmiy kanalida avtomobillar davlat raqamlaridagi harflar qaysi tashkilot va shaxslarga tegishliligi togrisida ma'lumot berdi.

PAA - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari

PSS - O’zbekiston Prezidentining xavfsizlik xizmati

PPP - Oliy Majlis deputatlari va senatorlari

UZB - davlat hokimiyatining markaziy idoralari rahbarlari

APC - vazirliklar va davlat qo’mitalari rahbariyati (vazirlarning o’rinbosarlari)

VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSV, PSF - ichki ishlar idoralari davlat raqami

TTS, TST - davlat xavfsizlik idoralari davlat raqami

ZDF - O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari

DXA - O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari

FVV - O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari

TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG - taksilar

D - diplomatlar (yashil rangli)

CMD - elchilar, vakillar (yashil rangli)

T - texnik personal (yashil rangli)

M - xorijiy firma va kompaniyalar xodimlari, investorlar (yashil rangli)

X - konsulliklar, savdo vakolatxonalari (yashil rangli)

UN - BMT va tuzilmalarining O’zbekistondagi vakolatxonasi raqami (ko’k rangli)

H - Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar (sariq rangli)