Do'kon

2019 yilda bizni nima kutmoqda - Vanga va Nostradamus bashoratlari

2019-yilda bizni nima kutmoqda? Bu savolni ko’pchilik o’ziga beradi, albatta. Ushbu turdagi savollarga ekstrasenslar va bashoratchilar javob berishga harakat qiladilar. Sputnik shu munosabat bilan Nostradamus va Vanganing prognozlari bilan tanishishga qaror qildi. Ularga 100 foiz ishonish kerak emas, deya oldindan ogohlantirmoqchimiz, ammo o’ylab ko’radigan masalalar bor.

Sputnik Armaniston xabariga ko’ra, o’rta asrlarning eng mashhur bashoratchisi va shifokori Nostradamus o’z proznozlarini to’rt til - lotin, qadimiy fransuz, italyan va grek tillari qorishmasidan iborat shifrda yozgan.

Uning barcha bashoratlari “Mishel Nostradamus bashoratlari kitobida qofiyalangan she'riy to’rtliklar (katrenlar)da bitilgan va yuzliklar (seenturiylar)ga biriktirilgan.

Uchinchi jahon urushi

Ushbu mavzuga oid matnlarni rasshifrovka qilgan fransuz blogerlari, Nostradamus 2019 yilga uchinchi jahon urushi boshlanishini bashorat qilgan, deya aytishmoqda.

Qurollangan mojaro ishtirokchilari bir tomondan AQSh va Yevropa, ikkinchi tomondan Rossiya va Xitoy bo’lishi mumkin. Ushbu qarama-qarshilik uzoq cho’zilishi aytilgan. Bashoratlarga ishonadigan bo’lsak, ular naq 27 yil davom etishi mumkin! To’qnashuv G’arbning kuchdan tolishi bilan yakunlanadi.

Bundan tashqari, Nostradamus "so’z qilichdan o’tkir" bo’ladi deya axborot urushi haqida ham ogohlantirgan. Shuningdek, ekstremistik g’oyalar tarqalishi va ko’plab teraktlar sodir bo’lishi bashorat qilingan.

Alloh dushmanlari muqaddas narsalarni tahqirlaydilar va muqaddas qonunlarni gumon ostida qoldirishga harakat qiladilar, - deb yozadi bashoratchi 43-katren (4-senturiy)da.

Nostradamus aksariyat Yevropa davlatlarida dunyoqarash o’zgarishi yuzaga kelishini oldindan ko’ra bilgan. U shuningdek, 2019-yilda G’arbda nasroniylik ahamiyati zaiflashishi va islom targ’iboti boshlanishi haqida yozgan.

Katta zilzila va suv toshqinlari

Nostradamus 2019 yilda yuz beradigan tabiiy ofatlar haqida ham yozib qoldirgan. Xususan, AQShdagi yer qimirlashi juda talafotli kelishini aytgan. Bu Amerika tarixidagi eng yirik tabiiy ofat bo’lishi bashorat qilingan. Ushbu bashoratlar asosida tadqiqotlar o’tkazilganida, yer qimirlashi o’chog’i Kaliforniya va Vankuver oroli (Kanada) o’rtasida bo’lishi mumkinligini aniqlaganlar.

Bashoratga ko’ra, 2019-yil suv toshqinlari yili bo’lishi mumkin. Eng kuchli suv toshqini Turkiya va Eron chegarasida yuz berishi mumkin.

200 yillik hayot

2019 yilda tug’ilgan insonlar 200 yilgacha hayot kechirishlari mumkin bo’ladi, deb yozgan Nostradamus. Bashoratchining yozganlariga ko’ra, bunga tibbiyot taraqqiyoti tufayli erishiladi.

Bundan tashqari, olimlar zamonaviy texnologiyalar yordamida, hayvonlar fikrlarini o’qiy oladigan maxsus qurilmani yaratishga muvaffaq bo’ladilar.

Nostradamus 2018 yilga “butun dunyo sezadigan bir nechta zilzila hamda o’rmon yong’inlarini bashorat qilgan edi. O’tgan yilda Venesuela, Indoneziya va Yaponiyada kuchli zilzilalar yuz berdi, AQShning Kaliforniya shtatida yuz bergan o’rmon yong’ini misli ko’rilmagan yo’qotishlarni olib keldi.

Vanganing bashoratlari

1996-yilda hayotdan ko’z yumgan Bolgariyaning eng mashhur bashoratchisi Vanga ham 2019 yilga prognozlarini e'lon qilgan.

The Daily Mail nashriga ko’ra, Vanga dunyoning eng obro’li ikki rahbarida jiddiy muammolar bo’lishini bashorat qilib qoldirgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yangi yilda uning xavfsizlik jamoasidan kimdir suiqasd qilishi mumkin emish, AQSh rahbari Donald Tramp esa sirli kasallik tufayli eshitish qobiliyatidan mahrum bo’larkan. Buning natijasida unda ko’ngil aynishi va quloqlarida shang’illab turish holatlari kuzatiladi.

Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi (Brexit) oqibatida keng ko’lamdagi iqtisodiy kollaps ro’y beradi va bundan Yevropa tanazzulga uchraydi. Prognozlarga ko’ra, Pokiston, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va Indoneziyada kuchli zilzilalar va sunami kuzatiladi.

Mashhur bolgar bashoratchisi bunga qadar BREXIT, IShID paydo bo’lishi, AQShdagi 11 sentyabr teraktlari va "Kursk" yerosti kemasi halokatini bashorat qilgan.