Do'kon

Nemislar mashina g‘ildiragini almashtirish tezligi bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi (video)

To‘rt nafar nemis mexanigidan iborat jamoa avtomobil g‘ildiraklarini almashtirish tezligi bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi.

Faqatgina g‘ildirak kalitlarini ishlatgan holda ular 59,62 soniya ichida barcha g‘ildiraklarni almashtirishga ulgurdi. Bu bilan ular avvalgi rekordni 24,23 soniyaga yaxshiladi.

Qoidaga ko‘ra, g‘ildiraklarni almashtirish elektr qurilmalarisiz amalga oshirilishi kerak edi.