Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

9 oy homiladorlik 90 soniya ichida (+video)

Bayron o`z xotini Monikaning homiladorligini bilganidan so`ng, uni har kuni bir joyda tug`ish vaqtigacha suratga olgan. Oldin esa Bayron o`zing kuchugi Danderani o`sib borishini ham shunday suratga olgan edi. Bo`lajak bahtiyor ota shunday degan: “Bu homiladorlik vaqtida asabiylashmaslikning yaxshi yo`lidir. Chunki men birinchi marotaba ota bo`lyapman va men doimo asabiylashganman”.

Vaqti o`tishi bilan nafaqat Monikaning homilasi o`zgargan, balki oddiy xonaning chiroyli bolalar xonasiga aylanganini ham ko`rish mumkin. Hamda, ularning Dandera va Myunstera laqabli itlari ham suratlarda paydo bo`ladi. Bayron va Monika tug`riq xonaga ketganlarida, ularning itlari kutib o`tirishganini ham kuzatish mumkin.

Manba: fazo.tv