Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Nima uchun nikoh uzugi aynan yon barmoqqa taqiladi?

Siz hech o`ylaganmisiz - nima uchun biz nikoh uzugini aynan yon barmog`imizga taqamiz? Xitoy falsafasida ushbu savolga javob bor, bu haqiqatdan ham ajoyib javob deb o`ylaymiz!

Xitoy madaniyati va urf-odatlariga ko`ra, katta barmoq ota-onaning ramzi. Kursatkich barmoq esa aka va singillar ramzi. O`rta barmoq – bu siz o`zingiz. Yon barmoq hayotdagi umr-yo`ldoshiz ramzi. Jimjiloq barmoq esa bolalar ramzi.

Jimjiloqni, katta, ko`rsatkich va yon barmoqlarni yukoridan birlashtirib, o`rtacha barmoqlarni esa birinich qatorda birlashtirishga harakat qilib ko`ring. (rasmda ko`rsatilgan)

Barmoqlaringizni birlashtirganingizdan keyin quyidagi narsani ko`zatishingiz mumkin:

Katta barmoqlar harakatlanishi mumkin, bu bizga ota-onalarimiz xar doim bizning yonimizda bo`laolmasligini bildiradi.

Ko`rsatkich barmoqlar ham kattalardan ko`ra kamroq harakatlanishi mumkin. Bizning akalarimiz va singillarimiz faqat bolaligimizda yonimizda bo`lishlari, keyin esa yo`llarimiz bo`linishini bildiradi.

Jimjiloqlar bolalar ramzi, ular ham harakatlanishi mumkin: bolalar o`sib keyin ota-ona o`yini tark etishadi.

Endi esa yon barmoqlarni harkatlantiring. Xayratdamisiz? Siz ularni hattoki ajrataolmaysiz.

Xitoyda er xotin oilaviy hayotdagi xursandchilik va qiyinchiliklardan ajralmasdan birga o`tishadi. Axir bu ajoyib emasmi?