Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Fransiya haqida siz bilgan va bilmagan 100 fakt

1. Fransuz tilida « Ca va ? »(Ahvollaringiz yaxshimi ?) savoliga doim « Ca va ! » deb javob beriladi, faqatgina intonatsiya o’zgaradi.

2. Fransuzlar o’zlarining tarixi va madaniyati bilan juda g’ururlanishadi.

3. Fransuzlar fransuz tilidan boshqa tilda so’zlashishni xush ko’rishmaydi. Fransuzlar ingliz tilida juda yomon so’zlashishadi va ular ingliz tilini fransuzchaga o’xshatib buzib talaffuz qilishadi. So’nggi statistika ma’lumotlariga ko’ra fransuzlarning faqat 34 foizigina ingliz tilini bilar ekan. Fransuzlarning inglizchasi franglais – ya’ni fransuz va ingliz tillarining qo’shmasi deb nomlanadi. Fransuz radio va televideniyasida bo’lsa  ingliz tilidagi film, amerikancha qo’shiq va shu kabi xalqaro san’at mahsulotlariga limit qo’yilgan.

4. Fransiya G’arbiy Yevropada joylashgan bo’lib, mamlakat hududi 555 ming km kvadrat. Aholisi 65 million. Qo’shni davlatlari bular Belgiya, Lyuksamburg, Shvetsariya, Germaniya, Italiya, Andorra va Ispaniyadir. Fransiyaning bir tomoni O’rta Yer dengizi bilan o’rlagan bo’lsa, chegarasining eng katta qismi Atlantika okeani bilan o’ralgan.

5. Fransuzlar o’z avtomobil sanoatlarini yaxshi ko’rishadi. Fransuzlarning ko’pi milliy kompaniyalarning mashinalarini ya’ni Pegeot, Renault va Citroen kompaniyalarining mashinalarii xarid qilishadi.

6. Fransuzlar ish soati tugagandan so’ng ishxonada qolishmaydi.

7. Fransuzlar bazida ish haftasining ikki kunini ish tashlash ya’ni zabastovka bilan o’tkazishni xush ko’rishadi.

8. Fransiyada ish haftasi 35 soatdan iborat

9. Fransuzlar Yevropada eng kam ishlaydigan xalq hisoblanadi. Fransuzlar bir yilda o’rtacha 1554 soat ishlasa, bu raqam AQSHda 1810 soatni tashkil etadi.

10. Fransiyada yakshanba kuni barcha magazinlar, savdo markazlari yopiq bo’ladi.

11. Haftaning yakshanba va dushanba kunlari banklar yopiq bo’ladi.

12. Fransuzlar doim o’zlarini boshqarib turgan hukumatdan norozi bo’lib yurishadi. Biror fransuz bilan suhbatlanganda yoki ularning o’zlarining suhbatini guvohi bo’lganda ular davlat siyosati haqida doim tanqidiy fikrda bo’lishadi va odatda ulardan siyosat haqida yaxshi gap eshitish qiyin.

13. Fransuzlarning ko’pi Kanadaga ko’chib ketishni xoxlaydi. Odatda Kanadada o’qigan yoki ishlagan fransuz keyinchalik bir umrga u yerda qolib ketadi.

14. Fransuzar o'rtacha umr ko'rish yoshi Yevropada eng kattadir.

15. Fransiyada sifatli vino arzon turadi. Masalan Fransiyada bir shisha idish iste’mol vinosi 3-4 yevro atrofida baholanadi.

16. Fransuz kafelarida bir chashka kofe yoki choy 2-6 yevro atrofida turadi.

17. Fransuzlar go’sht va go’shli taomlarni yaxshi ko’rishadi.

18. Fransiyada yoshi katta insonga jamoat transportida joy bersangiz, ular buni o’zlariga nisbatan haqorat deb qabul qilishlari mumkin. Hassaga suyanib qolgan qariyalar, homilador ayollar va nogironlar bundan mustasno albatta.

19. Luvr dunyodagi eng katta muzey hiosblanadi. 2013-yilda Louvrega 8 million odam tashrif buyurdi.

20. Eyfel minorasiga chiqish uchun maxsus chipta sotib olish kerak. Chiptaxona oldida doim katta navbatga turasiz, navbatning uzunligi ko’pincha bir necha kilometrga cho’zilishi mumkin.

21. Ko’plab fransuz ayollari va qizlari agar restoranda ular uchun erkak kishi to’lasa buni o’zlariga nisbatan haqorat deb bilishadi.

22. Fransuz ayollari va qizlari o’z sochlari va terilariga juda katta e’tibor berib, doim yaxshi ishlov berib yurishadi.

23. Fransuz ayollari kiyim tanlaganda odatda klassikani maqul ko’rishadi, lekin shu bilan birga har bir fransuz ayoli modada o’z obrazini yaratishga, topishga harakat qiladi.

24. Fransuz ayollari turli xil bijuteriyalar va aksessuarlarni yaxshi ko’rishadi, ularni tanlaganda ranglar hamohangligiga juda katta e’tibor berishadi.

25. Fransiyada issiq ichimlik sifatida eng ko’p kofe iste’mol qilinadi, undan keyin ikkinchi o’rinda choy turadi.

26. Fransiyada kommunal xizmatlar narxi juda qimmat turadi.

27. Oddiy bir santexnikni chaqirish ba’zida sizga 500 yevrodan oshib ketishi mumkin.

28. Fransiyada juda ko’p qog’oz hujjatlar ishlatiladi, va bazida birgina hujjatning o’zi bir necha o’n betdan oshib ketadi.

29. Barcha fransuz kompaniyalari o’z mijozlariga tez-tez turli xil xatlar jo’natib turishadi.

30. Turli xil chek,  xat va hujjatlarni hech qachon tashlab yubormaslik kerak. Ularni imkon bo’lsa butun umr saqlash kerak.

31. Diqqat bilan mukammal to’ldirilgan hujjat 100 foizlik muvaffaqiyat garovidir.

32. Fransiyadagi Davlat Oliy Talim yurtlarida o’qish butunlay bepuldir va bizdagi kabi kontrakt yo’q.

33. Xususiy Oliy O’quv yurtlarida ta’lim pullik bo’lib, ular odatda ancha obro’li o’quv yurtlari hisoblanadi.

34.  Xususiy Institutlar bular oliy maktablar (Grandes écoles) bo’lib, ular faqatgina Fransiyada bor.

35. Fransiyadagi barcha Universitetlarda imtixonlar yozma va anonim tarzda bo’lib o’tadi.

36. Kinoteatrlarda filmlar fransuz tilida yoki filmning original tilida fransuz tilidagi subtitrlar bilan namoyish etiladi.

37. Fransiyada juda ko’plab qishloqlar bo’lib, ularning ko’pchiligining asosiy faoliyati vino ishlab chiqarishga borib taqaladi.

38. Fransuz qishloqlari bu mehmondo’st, doim jilmayib yuradigan odamlar yashaydigan chiroyli aholi punktlaridir. Fransiyada doim qishloqlar shaharlardan bir necha barobar toza bo’lib, ko’chalarda doimo gullar osib qo’yilgan bo’ladi.

39.  Fransiyadagi har bir shaharda buyuk fransuz yozuvchisi Viktor Hugo nomidagi ko’cha bor

40. Fransuz qonunchili cho’chqaga Napaleon nomini berishni taqiqlaydi.

41. Fransiyada pishloqning 400 ortiq xili bor va fransuzlar pishloqni jondan ortiq yaxshi ko’rishadi. Pishloq haqida buyuk fransuz davlat arbobi Sharl De Golning quyidagi gapi juda mashhur : « Faqatgina pishloqning o’zini 300dan ortiq xiliga ega bo’lgan ushbu davlatni qanday boshqarmoq kerak ?! »

42. Fransiyada erkak va ayollar ko’rishganda o’pishib ko’rishishadi, ko’pincha hatto siz u shaxsni tanimasangiz ham. O’pishish soni regionlarga qarab farq qilishi mumkin, masalan Korsika orolida bazida besh martagacha o’pishib ko’rishganliklarini guvohi bo’lishingiz mumkin.

43. Statistik ma’lumotlarga qaraganda fransuzlar dunyoda eng ko’p jinsiy aloqada bo’ladigan xalq.

44. 1984-yildayoq Fransiyada Minitel degan xizmat bo’lib, bu Internetning ilk ko’rinishi bo’lgan. Buni internet ekanligini faqat fransuzlargina bilmagan. Fransuzlar minitel yordamida turli xil to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek xarid qilish imkoniga ega bo’lganlar. Shu uchun ham ko’plab fransuzlar Internet AQSHda emas, aksincha Fransiyada kashf etilganligiyu, uni Fransiya hukumati yetarlicha qo’llab-quvvatlamaganini davo qilishadi va bu aslida haqiqat.

45. 1838-yilda Fransiyada Aristid Busiko tomonidan dunyodagi ilk supermarket ochilgan.

46. Fransiyada dunyoda adabiyot bo’yicha eng ko’p Nobel mukofotini qo’lga kiritgan davlat hisoblanadi.

47. Fransuz adabiyoti Jahon adabiyoti tarixida eng yetakchi deb tan olingan.

48. 1789-yil, fransuz revolyutsiyasidan so’ng Fransiyada dunyodagi ilk inson huquqlari deklaratsiyasi yozilgan.

49. Fransiyada kashf qilingan eng yirik narsalar safiga havo shari, suv osti kemasi, parashyut, sharikli ruchka, kino, fotoapparat, multiplikatsiya, tez tibbiy yordam mashinasi kabi 100 lab kashfiyotlar kiradi va shuning uchun ham fransuz olimlarining jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo’shgan hissasi bebahodir.

50. 2004-yilda Fransiyada 56,6 million gektolitr vino ishlab chiqarilgan bo’lib, Fransiya jahonda  18 % ulush bilan eng ko’p vino eksport qiluvchi davlat hisoblanadi. Bir kunda ishlab chiqariladigan fransuz vinosi hajmi 8 million shisha idishga tengdir.

51. Fransiya aholisining  20 foizi Parij regionida yashaydi.

52. Parijga “Nurlar shahri” nomi shaharning yaxshi yoritilganligi uchun emas, aksincha shaharda juda ko’plab ziyoli kishilar yashashi uchun berilgan.

53. Eyfel minorasini har yetti yilda bir marta rangga bo’yashadi.

54.  Eyfel minorasi mashhur erxitektor Gustav Eyfel tomonidan qurilgan bo’lib, u fransuz revolyutsiyasining  100 yillik tavalludiga bag’ishlab tashkillashtiriladigan ekspozitsiya uchun qurilgan. Oradan hech qancha o’tmay Eyfelni buzish va uni metal sifatida sotib yuborish haqida jiddiy o’ylashgan. Eyfel minorasining qurilishiga 50ta eng buyuk fransuz ziyolilari qarshi bo’lishgan. Ularning orasida Gi De Mopassan Eyfel qurib tugatilgandan keyin ham uni tan olmagan va undan shunchalik nafratlanganki, Parijda Eyfel minorasini ko’rmaslik uchun minoraning ikkinchi etajidagi restoranga borib ovqatlangan, Eyfelning ichidagi restorandan albatta Eyfel ko’rinmagan.

55. Eyfel minorasining oxirgi etajigacha oyoqda ko’tarilish uchun 1792 zinani bosib o’tish kerak.

56. Parijdagi eng qadimiy ko’prik “Yangi ko’prik” ya’ni “Pont neuf” deb nomalanadi.

57. Parijda eng ko’p odam tashrif buyiradigan joy na Eyfel minorasi (5.5 million turist bir yilda), na Luvr muzeyi (8 million turist bir yilda), aksincha Parijdagi Disney-Lend hisoblanadi. Bir yilda roppa-rosa 13 million kishi Parij Disney-Lendiga tashrif buyiradi. Parijdegai Disney-Lend Yevropadagi yagona Disney-Lenddir.

58. Fransuz kinosanoati daromadi va ommabopligi bo’yicha Gollivuddan keyin dunyoda ikkinchi o’rinda turadi.

59. Dunyoga mashxur fransuz kruassanlari aslida Avstriyadan kelib chiqqan.

60. Fransiyada dunyoda moda va parfyumeriya poytaxti sifatida tan olingan.

61. Oq libosda turmushga chiqish urf-odati Fransiyada paydo bo’lib, fransuzlar 1499-yildan beri ushbu urf-odatni nafaqat davom ettirishdi, balki uni butun dunyoga yoyishdi.

62. Fransiya hududida eng ko’p qasr bor davlat hisoblanadi. Fransiaya hududida umumiy 4969 ta saroy bor.

63. Fransiyada tibbiyot xodimlari tomonidan sog’liq uchun kuniga erkaklarga uch stakan, ayollara ikki stakan vino tavsiya etilgan. Hatto DAN xodimi bu uchun sizga jarima solmaydi.

64. Fransiya hududi jihatidan Yevropa Ittifoqidagi eng katta davlatdir.

65. Fransiyada bugungi kunda eng kam ish haqi 1336 yevroni tashkil etadi.

66. Fransiyada hayot darajasi juda baland bo’lib, ishsiz va kam ta’minlanganlarga davlat tomonidan beriladigan pul odatda juda katta miqdorda bo’ladi. Masalan kam taminlangan oila bemalol yaxshi jihozlangan (yaxshi remont, televizor, audiosistema, kompyuter, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, konditsioner) uch xonali kvartirada yashashi mumkin. Kam ta’minlangan va uysizlarga aholi tomonidan ham juda ko’p yordam beriladi. Hududlarda tez-tez kam ta’minlanganlarga mahsulot tarqatishadi. Ularga pishloq, yogurt, shokolad, non, meva-sabzavot, go’shat va turli xil oziq-ovqat mahsulotlari tarqatishadi. Mahsulotlarning sifati magazindagi bilan dim bir xil.

67. Fransiyada juda ko’plab bir necha asrlik ko’p qavatli aholi tura-joylari bor.  Lyon, Strasburg kabi shaharlari markazida aholi 15-17 asrlarda qurilgan uylarda yashashi mumkin.

68. Fransiyada kechki soat to’qqizdan keyin biror bir magazin, hatto apteka ham ishlamaydi. Faqat Fransiyada yashaydigan arab yoki turk immigrantlari tomonidan ochilgan do’konlar bundan mustasno.

69. Fransiya dunyodagi eng katta turistik davlat bo’lib, bu yerga  bir yilda 80 million turist tashrif buyiradi. Fransiya aholisining o’zi 65 million ekanligini hisobga olsak bu juda katta raqamdir.

70. Fransuzlar bir yilda aholi boshiga  o’rtacha 67 kilogramm non yeydi,  ular Yevropada eng ko’p non iste’mol qiladigan xalqdir.

71. Parijdagi ang katta kasalxona Avicenne ya’ni Ibn Sino nomi bilan nomlangan.

72. Fransiya Yevropada boylar eng ko’p soliq to’laydigan davtlat hisoblanadi. Amaldagi president Fransua Olland tashabbusi bilan qabul qilingan qonunga ko’ra, har bir fransuz bir million yevrodan ortiq daromad qilganda, bir milliondan ortig’I uchun 75 foiz soliq to’laydi.Fransiyada oddiy aholi uchun daromat solig’i 33 foiz, iste’mol solig’I bo’lsa mahsulotlarga qarab 2,1 , 5,5 yoki 19,6 foizni tashkil etadi. Bir yillik daromadi 20 000  yevrogacha bo’lgan shaxslar Fransiyada daromad solig’I to’lashmaydi.  Agar bir yillik daromadingiz 10000 yevrodan kam bo’lsa hatto soliq organlari sizga pul to’lshi mumkin.

73.   Fransiya bu san’at va madaniyat mamlakatidir. Bu yerda balet, gotika, kino, shanson yaratilgan.

74. Yevropadagi eng katta kinoteatr Fransiyaning Strasbourg shahrida joylashgan.

75. Fransiya davlatining milliy devizi “Ozodlik, Tenglik, Birodarlik!” dir.

76.  Fransiya qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi bo’yicha Yevropada birinchi o’rinda, dunyoda uchinchi o’rinda turadi.

77. Fransiyada dunyodagi eng tez yurar poyezd kashf etilgan, uning tazligi soatiga 700 km dan o’tib ketgan.

78. 1-aprel kulgu bayrami ilk marta Fransiyada nishonlangan. Fransuzlar tarixdan o’zining yumori bilan hammaan farq qilgan va eng og’ir davrlarni ham fransuzlar kulgu bilan qarshi olishgan. Fransuz hazillari haqida tarixdagi eng kulguli voqea  1915-yil birinchi Jahon urushi davrida sodir bo’ladi. O’shanda fransuzlar nemis bazasiga bomba otib boshlashadi, nemislar har tomonga qochishadi, lkin nimagadir bombaar umuman portlamaydi, kelib tekshirib ko’rishsa u yerga bomba o’rniga “1-aprel bilan!” yozuvi yozilgan kichik to’ppilar tashalgan ekan.

79. Fransuz qonunchiligiga binoan fransuzlar bir yilda kamida 5 haftalik ta’til huquqiga ega.

80. "Fransuz bo’sasi” iborasi inglizlardan kelib chiqqan bo’lib, aslida Fransiyada fransuz bo’sasi “ingliz bo’sasi” deb nomlanadi.

81. Fransuzlarning 70 foizi oq vinodan ko’ra qizil vinoni yaxshi ko’rishadi.

82.  Konyak Fransiyadagi provensiyaning nomi bo’lib, konyak aynan shu provensiyada ishlab chiqarilgan.

83. Fransiya dunyoda eng ko’p qurbaqa go’shi import qiladigan davlat. Fransuzlar qurbaqa go’shini ko’p yeyishmaydi. Bu odatda turistlar uchun ekzotik delikates hisoblanadi. Qurbaqaning son qismi iste’mol qilinib, u tovuq go’shtini eslatib yuboradi.  Eslatma: istémol qilinadigan qurbaqa bizdagi mahalliy qurbaqadan farq qiladi))

84. Fransiya Yevropa Ittioqining asoschilaridan biri hisoblanadi. Birlashgan Yevropa g’oyasi Fransiyaning 1948-1953-yillardagi Tashqi ishlar vaziri Rober Shuman tomonidan o’ylab topilgan.

85. Parij metrosining dastlabki olti stansiyasi 1898-yilda ochilgan bo’lib, 2013-yilda Parij metrosi o’zining 115 yilligini nishonladi.

86. Butun dunyoga mashhur Luvr muzeyi faqatgina 1793-yildagina muzey deb e’lon qilingan, ungacha muzey binosi qirol oilasining saroyi bo’lib, qurilish tarixi –asrga borib taqaladi.

87. Fransuz talabalari dars davomida savollarga javob berishga majbur emas. Odatda Oliy O’qub yurtlarida faqat leksiya bo’lib, yakunda imtixon bo’ladi, bizdagi kabi ularda seminarlar bo’lmaydi.

88. Fransiyada konsert va filmlardan keyin artistlarga gul sovg’a qilishmaydi.

89. Yevropaning  yulduzlik bayrog’i Fransiyaning Strasburg shahrida yashaydigan Arsen Xeytzning g’oyasi asosida qilingan. Yulduzlarning soni ittifoqqa a’zo bo’lgan davlatlar sonini anglamaydi, bu diniy ramz bo’lib, u birdamlik, do’stlik va va hamohanglikni anglatadi.

90. Fransiyaning milliy gimni Marselyeza hisoblanib, uni Strasburgda Roje de Lisl nomli soldat yozgan va birinchi jahon urushi davrida Marselyeza bir muddat Rossiya imperiyasi madhiyasi sifatida ham foydalanilgan.

91. Fransiyada hatto uyda kuchuk saqlaganlik uchun ham davlat moliyaviy yordam berishi mumkin.

92. Talabalar uchun juda ko’plab imkoniyatlar yaratilgan. Masalan, ular uchun maxsus restoranlar bo’lib, u yerda 4 narsadan iborat bo’lgan menu – salat, desert, issiq ovqat, non bor yo’g’I uch yevro turadi va ovqatlar juda sifatli bo’lib, vegetarianlar va go’sht iste’mol qiluvchilar uchun keng tanlov taklif qilinadi. Talabalar uchun yana bir imkoniyat, oylik transport chiptasi eng kam daromadli talabalar uchun bor yo’g’i  1  yevroni ya’ni  4000 so’mni tashkil etishi mumkin. Talabalarga spendiya ularning bahosiga nisbatan emas, aksincha ijtimoiy kriteriya ya’ni talabaning daromadi, ota-onasining daromadidan kelib chiqib beriladi.

93. Fransiyada baholash tizimi o’rtacha bahoga asoslanadi va talabalar 20 ballik tizimda baholanadi. Masalan, o’tish bali 10 bal bizning uch bahoga teng bo’lib, undan pasti ikki baho hisoblanadi, bir necha fandan hatto bir bal olgan taqdirda ham yakunda hamma fanlardan olingan o’rtacha baho 10 baldan ziyod bo’lsa talaba muvaffaqiyatga erishgan hisoblanadi.

94. Fransiya iqtisodiyoti bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinda turadi. Shuningdek atom elektroenergiyasi ishlab chiqarish bo’yicha ikkinchi o’rinda, Farmatsevtika bo’yicha beshinchi o’rinda, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha 3-o’rinda, parfyumeriya tovarlari va vino ishlab chiqarish bo’yicha birinchi o’rinda, tez yurar poyezdlar ishlab chiqarish bo’yicha birinchi o’rinda turadi.

95. Butun dunyoga mashhur Airbus samolyotlari Fransiyaning Tuluza shahrida ishlab chiqariladi va Airbus Boingdan o’tib ketib dunyoda eng yirik samalyot ishlab chiqaruvchi shirkatga aylandi. Hozirda O’zbekiston Havo yo’llari milliy kompaniyasi 26ta A310 va A320 Airbus samolyotlaridan foydalanadi.

96. Fransuzlar Yevropa ittifoqida eng ko’p uxlaydigan va ovqatlanishga eng ko’p vaqt ajaratadigan xalqdir. Fransuzlar bir kunda o’rtacha 9 soat uxlashadi. Fransuz ishxonalarida ko’pincha tushlik uchun ajratilgan vaqt soat 12-00 dan 14-00gacha. Fransuzlar hazillashib bazida “Biz ishlash uchun yashamaymiz, aksincha yashash uchun ishlaymiz” deb hazillashishadi.

97. Bugatti mashinasi Fransiyaning Elzas regionida Strasburg shahridan uzoq bo’lmagan joyda ishlab chiqariladi

98. Fransiyada soliqlarning ko’pligi va mahsus qonunchilik tufayli biznes qilish boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan biroz murakkabroq. Jahon bankining hisobotiga ko’ra Fransiya biznes erkinligi bo’yicha dunyoda hozirda 26-o’rinda turadi.

99. Fransiya 21 regionga, bu regionlar bo’lsa departamentlarga bo’lingan. Har bir regiondagi qonunchilik boshqa regiondan farq qilishi mumkin.

100.Fransuzlar dunyoda eng ko’p sayohat qiladigan millat bo’lib, 2013-yilda O’zbekistonga eng ko’p turist aynan Fransiyadan tashrif buyurdi. 

Manba: kashfiyot.blogspot.com