Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

BILASIZMI?

*Dunyoga mashhur “Cho‘qintirgan ota” filmi garchi mafiya olami haqida bo‘lsa ham, film davomida biron marta ham “mafiya” so‘zi uchramaydi. Chunki Amerika-Italiya inson huquqlari faollari kinoda  ”Mafiya”, ”Cosa Nostra” kabi so’zlar ishlatilmasligini talab qilib chiqishgan.

*Agar odamning haykali istirohat bog`ida bo`lsa va otning ikki oldingi oyog`i havoda bo`lsa u inson urushda vafot etgan.

*Ikkinchi jahon urushida yaponiyaliklar akulaning jigarining yog`ini jangovar samalyotlar motori uchun ishlatishgan.

*Albert Eynshteynga xos ajabtovur odeatlardan biri, uning paypoqdan foydalanmaganligidir. 2006 yili uning o‘z g‘alati odatlari haqida xotiniga yozgan maktublari kim oshdi savdosiga qo‘yilgandi. Ushbu xatlardan birida shunday satrlar uchraydi: «Men hattoki tantanali bayramlarga ham paypoqsiz boraman, botinkamgacha tushgan shimim pochalari buni yashiradi».

*Charli Chaplinning birinchi ovozli filmi “Buyuk diktator” deb atalib, unda Gitler satira qilingan edi. Katta xavf bilan ekranlarga chiqarilgan ushbu film antigitlerchi mamlakatlarda katta muvafaqqiyat qozondi. Darvoqe, Charli Chaplin asli angliyalik bo‘lib, har kuni soat 7:00 da turgan. Uni undan erta yoki kech uyg‘onganini hech kim ko‘rgan emas ekan.

*Gugurt dastlab 1820 yillarda Yevropada paydo bo‘lgan. Ammo u o‘ta xavfli bo‘lib, arzimagan ishqalanish oqibatida ham yonib ketishi mumkin edi. Hozirgi ko‘rinishdagi, ya’ni havfsiz gugurt donachalari esa ilk marotaba 1855 yili Shveysiyada ishlab chiqarilgan.

*J.P Blanchard parashutni birinchi bo`lib ishlatgan inson hisoblanadi. U 1785-yilda savatchali parashutda itni solib uchirgan.

*1965 yilda San Diyegodagi Rendi Gardner 11 kun uxlamay 8.5 kun uxlamagan Nyu Yorklik Piter Tripning rekordini yangilagan.

*Qaysi qo`lizni ko`p ishlatsangiz o`sha qo`lizdagi tirnoqlar tez o`sarkan.

*Inson tanasidagi eng baquvvat muskul til hisoblanadi.

*Ayollar erkaklarga qaraganda ikki marta ko`p ko`zini yumib ocharkan.

*Qo`l izlari kabi har bir insonning til izlari turli xil. Qattiq aksirganda qovurg`a sinishi mumkin. Aksirishdan o`zini tiyish boshdagi yoki bo`yindagi qon tomirlarining yorilishiga sabab bo`lishi mumkin va oxir oqibat o`limga olib borishi mumkin.

* O`rtacha odam umri davomida 27216 kg ovqat yeydi. O`rtacha odam umri davomida 24 yil uxlidi.

*O`tirib telefonda sakkiz soat gaplashganda 914 kaloriya sarf bo`ladi. Mashinani sakkiz soat haydaganda 1219 kaloriya sarf bo`ladi.

*Yong`in xavfsizligi yo`li, sovut, oyna tozalagich va lazerli printerlar ayollar tomonidan o`ylab topilgan.

*Zajigalka gugurtdan oldin o`ylab topilgan.

*Ingliz tilida eng ko`p ishlatiladigan harf “E” harfi hisoblanadi. Ernest Vinsent Wrayt tomonidan1939-yilda yozilgan “Gadsbi” romanida “E” harfi umuman ishlatilmagan (267 bet, 50,000 so`zdan tashkil topgan).

* Dunyoda eng ko`p gaplashiladigan til Mandarin (Xitoy tili) tili hisoblanadi, 1.07 milliard kishi gaplashadi. Keyingi o`rinda Ingliz tili turadi, 514 million kishi ingliz tilida gaplashadi.