Kirish
So'nggi yangilanish: 19.06.2018

AQSH DOLLARI HAQIDA SIZ BILGAN VA BILMAGAN 15 FAKT

1. Dollar so’zi o’rta asrlarda Germaniyada paydo bo’lgan tanga nomi “Taller”dan kelib chiqqan. Keyinchalik  taller Germaniyada butunlay muomaladan chiqib ketdi. Uning o’rniga marka kirib keldi. Biroq, uning nomi xalq orasida qolib ketdi. O’sha paytlarda Angliya va Ispaniya koloniyalarida peso nomi bilan mashhur bo’lgan ispan tangalari muomalada bo’lgan. Bu tangalarni ko’p joylarda adashgan holda “dalar” deb atashar edi.  Uzoq urushlardan so’ng mustaqillik erishgan AQSH hukumati davlatning rasmiy valyutasini muomalaga kiritish chog’ida unga hech ikkilanmay hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan ”dollar” nomini tanladi. O’sha paytda mashhur shaxslardan biri “Yangi Amerika o’zining yangi puliga juda eski nom tanladi” – degan edi.

2.  Uzun inglizcha ibora “piese of Eight”, ya’ni 1/8 (nimchorak) qog’ozda o’chirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga tanish bo’lgan dollar belgisi ($) paydo bulgan.

3. Dollarning jargonda “Baks” deb  ham ataladi. Bu so’z bug‘uning terisi nomidan kelib chiqqan bo’lib, ingliz tilida bug‘u erkagining nomi buck. U bir paytlar hindular bilan savdo qilishning asosiy quroli bo‘lgan. Ular buni “olovli suv”, o‘qlar va h.k. almashtirishgan. Shuningdek, bucks so‘zini kelib chiqish tarixini qadimiy vino (mussalas) ishlab chiqarish ma’budi hisoblanish Baxus nomga ham atalgan degan gaplar bor. Shuningdek, tangalarning ham o‘z nomlari bor: 1 sentlik – penni, 5 sent – nikel,10 sent – daym, 25 sent – kvoter, 50 sent – xaf deb yuritiladi.

4. Dollarni ishlab chiqarish uchun zig‘ir va paxta moddalaridan foydalaniladi. Dollarlar nashr qilinadigan qog‘oz tarkibiga 25% zig‘ir, 75% paxta va ko‘p bo‘lmagan hajmda mayda sintetik tolalar kiradi. Bu tolalar ko‘k va qizil rangga ega bo‘lib, butun kupyura ustida ko‘rinib turadi. Banknotaning taxminiy og‘irligi-1 gramm.

5.Dollar muomalaga kiritilgan vaqtdan boshlab AQSh hukumati uning qiymatini oltin bilan bog‘lagan. 1792 yilda oltinning bir unsiyasi 19,3 $ deb belgilangan. 1834 yilda AQShning oltin zahirasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli unsiya bahosi 20,67 $ ga ko‘tarilgan. Bu qiymat asrlar davomida o‘zgarib borsada dollarning oltin bilan baholanishi va bog‘liqligi saqlanib qolinavergan.

6. Eng ko‘p tarqalgan banknota bu – 1 dollarlik. Nashr qilingan banknotalarning deyarli yarmi 1 dollarliklarni tashkil qiladi. 2 dolllarlik banknotalar oxirgi marta 2003 yilda nashr qilingan va bora-bora muomiladan chiqib bormoqda.

7. Kuniga 35 mln. banknota ishlab chiqiladi. Shiqirlab turadigan AQSh dollarlari kuniga muomilaga kiritiladi. Agar nominallarni bo‘yicha hisoblansa, Shtatlarda kuniga 635 mln. dollar atrofida chiqariladi. Biroq, huddu shu miqdordagi banknotalar har kuni qo‘llashga yaroqsiz holga kelganligi uchun muomiladan chiqariladi ham.

8. Dollarlar juda chidamlidir. Zamonaviy kupyuralar 4 mingdan ziyod buklashlarga chidaydi. AQSh Federal Zahira Tizimi ma’lumotlariga ko‘ra 1 dollarlik 22 oyda, 5$ 24 oyda, o‘ntalik 18 oyda, 20$ 25 oyda, 50$ lik – 55 oyda yangisiga almashtiriladi. Yuztalik eng ko‘p «yashaydi», u 60 oy aylanib yuradi.

9.  Dollarlarni 1929 yildagi standartlar bo‘yicha nashr qilishadi. Dunyodagi eng mashhur kupyuralarni ustki ko‘rinishini 1929 yilda tasdiqlashgan. O‘sha vaqtda kupyuraning old qismida portret, orqa qismida tarix obidalari, arxitektura va tabiat tasvirlanadi deb ta’sis etilgan.

10. Dollarda asosan AQSh prezidentlari suratlari tasvirlanadi: 1 dollarlikda AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington, 2 $ da uchinchi prezident Tomas Jefferson, 5 $ da 16- prezident, Shimol va Janub o‘rtasidagi urush g‘olibi Avraam Linkoln, 10 $ da AQSh «asoschilaridan biri», birinchi moliya vaziri Aleksandr Gamilton, 20 $ da yettinchi prezident Endryu Jekson, 50 $da 18-prezident, fuqarolar urushi qahramoni Uliss Grant, 100 $likda olim, publitsist va mohir diplomat Benjamin Franklin surati tushirilgan. Dollarga ayol portreti faqatgina 1886 yilda bir bora tasvirlangan. 1 dollarlik banknotada Marta Vashingtonning portreti tasvirlangan edi.

11. Biz bilgan va ko‘rgan 1, 5, 10, 20, 50, 100 dollarliklardan tashqari 2500, 1000, 5000, 10000, 100000 dollarliklar ham bor. Ikki dollarlik juda kam nusxada chiqarilgan bo‘lsa, katta qiymatdagi pullar faqat banklararo to‘lovlarda ishlatilgan. To‘lovlarning elektron tizimi (pul ko‘chirish) yo‘lga qo‘yilgach, bu pullar muomaladan olingan. Lekin bu banknotlar hali hanuz kimlarningdir qo‘lida bor va ularning numizmatik qiymati nominal qiymatidan bir necha brobar ortiq.

12. Eng yirik nominal bu – 100 ming dollarlik banknotadir. Yuz minglik banknotalar 1969 yilgacha muomilada bo‘lgan. Prezident Richard Nikson bu kupyurani ishlab chiqarishni to‘xtatishni buyurib, eng yuqori nominal banknotani 100 dollarlik bo‘lishini yo‘lga qo‘ydi. 1969 yilga qadar chiqarilgan yuz mingtalik kupyuralarni Federal zahira tizimiga murojaat qilib, muomiladiga kupyuralarga almashtirish imkoni mavjud.

13. Dollarning yashil rangda tovlanishi sababi ham qiziq. 1869 yilda AQSh Moliya Vazirligi Filadelfiyaning «Messers J. M. & Sox» kompaniyasiga yangi pullar chop etish bo‘yicha buyurtma beradi. Ungacha bo‘lgan davrda dollar asosan oq-qora rangda bo‘lib, faqat bir chetigina yashil rangda bo‘yalgan. Fotografiyaning paydo bo‘lish tufayli oq-qora rangdagi pullar osongina qalbakilashtirila boshlandi. Buning oldini olish maqsadida banknotlarga boshqa ranglar qo‘shishga qaror qilinadi. Fabrikalarda ko‘p miqdorda yashil bo‘yoqlar borligi, boshqa ranglar qo‘shimcha harajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi uchun shu rangga zo‘r beriladi va dollar «ko‘kidan» (to‘g‘rirog‘i «yashilidan») degan yana bir sinonimga ega bo‘ladi. Oxirgi yillarda chop etilayotgan banknotlarda qizil rang ham paydo bo‘ldi.

14. Dollar eng ko‘p qalbakilashtiriladigan valyutadir. Shuning uchun AQShda qalbakilashtirishga qarshi kurashga doim ham qattiq e’tibor beriladi. Dollar qog‘ozini faqat bitta kompaniya ishlab chiqaradi va bu kompaniyaga AQSh hukumatidan tashqari har qanday joyga mahsulot sotish ta’qiqlangan. Bo‘yoqlar formulasi AQShning Gravirovka va Muhr byurosi siri hsioblanadi. 1990 yildan boshlab dollar himoyasi yanada kuchaytirildi. Unga qo‘shimcha iplar va mikromuhr qo‘yila boshlandi. Har 7-10 yilda banknotlar dizayni o‘zgartirib turiladi. Dollar faqat ikkita fabrikada – Texas va Vashingtonda tayyorlanadi va bu korxonalarda uch minga yaqin xodimlar ishlashadi.

15.Chop etilgan pullarning 30-50 %i AQSh hududidan tashqariga chiqib ketadi.