Kirish

Inson sivilizatsiyasidan eng uzoq 6 joy

1. Alert, Kanada

Alert qishlog`i dunyodagi eng xavfli va uzoq joylardan biri hisoblanadi. Uning aholisi 5 kishini tashkil qiladi. Kichik Alert qishlog’i Shimoliy qutbdan 500 km pastda Kanadadaning Nunavut hududi joylashgan. 

Ushbu qishloq Artktika okeani bilan o`raglan bo’lib, havo harorati minus 40 darajagacha pasayishi mumkin. 

Shuningdek qishda 24 soat davomida qorong`ulik va yozda 24 soat mobaynida yorug’lik kuzatiladi.

2. Tristan-da-Kunya

Ushbu kichik orol janubiy Atlantika okeanida joylashgan. Tristan-da-Kunya kichik orollar arxipelagi (bir-biriga yaqin orollar guruhi)  dunyoda eng uzoq joy hisoblanadi. Orol tosh joylar va to'lqinli suvlar bilan o'rab olingan. Bu yerga faqat qayiqlar  orqali kelish mumkin. Bu orolga eng yaqin hududlar 1700 km uzoqlikdagi Janubiy Afrika va 2000 km uzoqlikdagi Janubiy Amerika hisoblanadi. 

Orolning aholisi 271 kishini tashkil qiladi va ular odatda dehqonchilik va kema yasash bilan shug’ullanishadi. Bundan tashqari ular sun’iy yo`ldosh orqali internetga ulanish va televizor ko’rish imkoniyatiga ega.

3. Motuo grafligi, Xitoy

Xitoy Tibet avtonom viloyatida joylashgan ushbu joy dunyodan butunlay ajralib qolgan va dunyodagi eng xavfsiz mintaqalardan birdir. Motou grafligiga bir necha bor yo`l qurishga urinib ko’rilgan. Biroq loy yemirilshi kabi turli tabiiy holatlar tufayli urinish muvaffaqiyatsiz yakun topgan.

4. Mak-Merdo Stantsiyasi, Antarktida

Mak-Merdo Stantsiyasi dunyoning tabiiy eng uzoq qismi hosoblangan Antarktidada joylashgan. Ushbu sovuq mintaqada aholi doimiy ravishda yashamaydi. Faqatgina mavsumiy tadqiqotchilik jarayonlari uchun olimlarga boshpana vazifasini bajaradi. 

5. Ittoqqortoormiit, Grenlandiya.

Agar orol ismini talaffuz qilish qiyin deb o`ylasangiz, o`zingizni bu xilvat joylarda yashovchi 500 kishidan biri qilib tasavvur qilib ko’ring. Qishloq Grenlandiyaning sharqiy qirg'og'ida va  Islandiya shimoliy qismida joylashgan. Grenlandiya muz bilan qoplanganligi sababli ushbu hududga qayiq orqali borishning iloji yo`q. Bundan tashqari, oroldagi kichik aeroport kamdan-kam reyslarga mezbonlik qiladi.

Aholining ko'pchiligi ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanadi. Qutb ayiqlari va kitlar bu hududgi eng ko`p ov qilanadigan hayvonlar hisoblanadi. 

6. Angle Intel, AQSh

Minnesotada joylashgan ushbu hududda 150 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu hududga faqat Kanada orqali o`tish mumkin. Hudud baliqchilik safarlari, kichik mahalliy do’konlari va resurslari bilan mashhur. Talabalar bir xonali o`quv dargohiga qishda chang`i mototsikllari va yozda qayiq bilan qatnashadi.