Kirish
So'nggi yangilanish: 27.05.2018

Katta yo'lda tasvirga tushirilgan va ishonish qiyin bo'lgan video

Ko'pchilik xalqlarda mototsikl butun bir oilaning transport vositasi sifatida tan olinmaydi. Ammo bu hind oilasi butun bir yuk mashinasiga sig'adigan odamlar hamda yuklarni kichik mototsiklda tashish yo'lini topishgan. Suratda ikkita yoshi katta oila a'zosi, to'rtta bola, ikkita uy hayvonlari va ko'plab narsalar ortilgan yuk mototsiklga joylashganini ko'rishingiz mumkin. Ular qanday qilib shuncha yo'lovchini va yuklarni joylashtirganiga ajablanib qolasiz.

Agar ularda chindan ham yuk mashinasi bo'lganida qanchalik ko'p narsalar va odamlarni sig'dira olishlarini tasavvur qilish qiyin bo'lsa kerak. Suratdan shuni ko'rish mumkinki, baxtli oila siri nafaqat boylik va mulkning ko'p bo'lishida, balki oila a'zolarining jipslashib, birgalikda yechimlarni topishga harakat qilishida bo'lsa kerak.

 Manba: kun.uz