Kirish
So'nggi yangilanish: 21.05.2018

Dubayda navbatdagi noyob loyiha (+video)

Dubay shahri hayratda qoldirarli ishlari bilan juda mashhur. Noyob va ajoyib muhandislik loyihalari shu yerda ro’yobga chiqadi.

“Kleindeisnt” dizaynerlik guruhi o’zining navbatdagi noyob loyihasini taqdim etdi. Bu ajoyib uylardir. Xa bu uylar hashamatli uylardan qolishmaydi va bu uylar quruqlikda bo’lmaydi. Bu uylar suvda bo’lib, Dengiz otlari (Seahorse) nomiga ega va ular suzib yuradi.

Uylar 42 ta bo’lib, ular suzar platformada joylashgan va harakatlanishga tayyor. Har bir uy 200 tonna vaznga, 372 km/m maydonga va 3 qavvatdan iborat. Birinchi qavvat suv ostida bo’ladi. Uyning devorlari oynadan yasalgan bo’lib, suv tagini ko’rish imkoniyatini beradi.

Barcha 42 uy 2016-yilning oxirgacha topshiriladi va natijalarga ko’ra ko’plab investorlar ushbu loyihaga katta pul tikish niyatidalar.

Manba: fazo.tv