Kirish

DUNYONING ENG QUDRATLI 10 AYOLI (FORBES 2013)

Tarixdan ma’lumki, kuch-qudrat va hokimiyat ko’p hollarda erkaklarga tegishli bo’lgan. Ayollar esa barcha davrlarda erkaklarning soyasida bo’lib kelishgan. Lekin hokimiyatni o’z qo’liga ola bilgan ayollar bo’lgani ham haqiqat. Doro I ni tor-mor etgan malika To’maris,  Xitoy qirolichasi Vu Zitsyan, Misr malikasi Kleopatra, qirolicha Yekaterina, qirolicha Viktoriya kabi ayollar jahon tarixida o’chmas iz qoldirishgan. Ushbu maqolada sizga hozirgi davrning qudratli ayollari, hokimiyat va ta’sir doirasi eng qudratli erkaklar bilan bir qatorda turadigan xonimlar haqida hikoya qilamiz.

#10 Indra Nooy

PepsiConing bosh direktoriga aylangan Nooyi xonim dunyoning eng yirik tadbirkor ayollaridan. Kursiga o’tirganidan beri PepsiCoda turli o’zgarishlar qilib kelmoqda. Kompaniyaning daromadi ham salmoqli darajada ortgan. Nooyi xonim Coca-Cola bilan raqobatlashadigan ichimlik tarkibi ustidagi tadqiqotlani qo’llab-quvvatlab kelmoqda.

  • Bo'lim: BU QIZIQ!
  • Ko'rildi: 7405

Bermud Uchburchagi

Bermud uchburchagi – bu Bermud orollari, Floridadagi Mayami va Puerto-Riko oralig‘idagi hudud bo‘lib, uning maydoni 1000 kvadrat kilometrdan ziyodroq. Uni, shuningdek, “shayton dengizi”, “Atlantika qabristoni”, “qarg‘alganlar dengizi” deb ham atashadi. Ana shu nomlar orasida eng ommalashgani “Bermud uchburchagi” bo‘lib qoldi. Lekin nega endi Bermud? Axir Bermud orollari bu uchburchak tepaliklaridan biri, xolos. Qolaversa, hudud markazida ham joylashmagan. Ehtimol, ko‘plab sirli yo‘qolishlar aynan Bermud orollari atrofida sodir bo‘lgani, so‘zning o‘zi ham ancha ifodali va jarangdor ekanligi bunga sabab bo‘lgandir? Xullas, “Bermud uchburchagi” so‘zi iste’molga o‘zining fonetik qiymati tufayli kirib kelgan, deyish asosliroq bo‘ladi.

  • Bo'lim: BU QIZIQ!
  • Ko'rildi: 5053

Urush uchun eng ahmoqona sabablar

1325 yili Italiyaning Bolonya va Modena shaharlari o’rtasida urush boshlangan. Buning sababi oddiygina chelak. Modenaga oti podsholikka qarashli chelakdagi suvni ichib qo’ygani uchun bolonyalik chavandoz qochib o’tadi. Bolonyaliklar qochoqqa hech qanday e’tibor qaratishmaydi, ammo chelakni qaytarish olishni istashadi, axir bu shahar mulki. Modenaliklar esa buni rad qilishadi. Natijada urush boshlanadi. Ushbu kurash 22 yil davom etadi va bir necha ming odam halok bo’ladi. Aytgancha, Bolonya chelakni qaytarib ololmagan, chunki yengilgan edi.

  • Bo'lim: BU QIZIQ!
  • Ko'rildi: 3699

Stiv Jobs va uning uch hikoyasi

Stiv Jobsning Stenford universiteti bitiruvchilari oldidagi nutqidan. “Bugun dunyoning eng yaxshi universitetlaridan birining diplom topshirish marosimida sizlar bilan birga bo‘lish men uchun katta sharaf. Men institutni tugatmaganman. Bugun sizlarga hayotimning uch hikoyasini aytib bermoqchiman. Shu xolos. Ortiqcha hashamatsiz. Oddiygina uchta hikoya.

  • Bo'lim: BU QIZIQ!
  • Ko'rildi: 2820